Turkiyaning Shvetsiyadagi elchixonasiga ajabtovur hujum...

Turkiyaning Shvetsiyadagi elchixonasiga kimligi noma’lum kishilar bo’yoq to’ldirilgan shishalarni otib qochgan.

672986
Turkiyaning Shvetsiyadagi elchixonasiga ajabtovur hujum...

Turkiyaning Shvetsiyadagi elchixonasiga kimligi noma’lum kishilar bo’yoq to’ldirilgan shishalarni otib qochgan.

Turkiya elchixonasi ma’lum qilishicha, tongga yaqin sodir bo’lgan bu voqeada binoning tashqi devorlariga va hovlisiga oppoq bo’yoq to’ldirilgan shishalar otilgan.

Elchixona binosidagi xavfsizlik kameralari birma-bir tekshirib chiqildi.

Tasvirga olingan qaydlarda yuziga niqob kiyib olgan ikki nafar shaxs shishalarni otib qochgani kuzatiladi.

Shvetsiya politsiyasi voqea bilan bog’liq tergov yuritmoqda.

Bundan 3 oy oldin ham terror tashkiloti PKK tarafdori bo’lgan 8 kishi elchixonaga shisha va toshlarni otib qochgan edi.

So’ngra, PKK tarafdorlari bu voqeaning video tasvirlarini internetda tarqatgan edi.

Politsiya hozirda ushbu voqea yuzasidan ham tergov yuritmoqda.



Aloqador xabarlar