Istanbulda Xavfsizlik boshqarmasiga hujum qilgan terroristning kimligi aniqlandi

Istanbulda Xavfsizlik boshqarmasi bilan Ak partiya binosiga sodir qilingan terrorchilik harakatiga doir tergov davom etmoqda.

656623

Tergov doirasida ushbu terrorchilik harakatini sodir qilgan terroristlardan birining kimligi aniqlandi va u Tekirdag' viloyatida qo'lga tushirildi.

Bu terrorist DHKP-J terror tashkilotiga xizmat qilgan Sherif Tunch ismli terrorist ekani ma’lum bo’ldi.

Ma’lum bo’lishicha, Sherif Tunch Turkiya Ichki ishlar vazirligining qidirilayotganlar ro’yxatida o’rin olgan.

Tekshiruvlarga ko’ra, terrorchilik harakatini sodir qilgan Sherif Tunch o’tgan yili sherigi Bilge Xon Karpat bilan birga Yunonistondan noqonuniy yo’llar bilan Turkiyaga o’tgan.

Istanbulda olib borilgan operatsiyada terroristlar bilan yaqindan aloqadorlikda gumon qilingan 3 kishi qo’lga olindi.

Mazkur shaxslar terror tashkilotiga xizmat qilganlikda ayblanmoqda.

Ushbu shaxslardan birining bundan oldin 1 yil 6 oy qamoq jazosiga mahkum qilingani aniqlandi.

Aloqador xabarlar