Kecha kechqurun Turkiyaning Tsyurix Bosh konsulligiga qarshi hujum uyushtirildi

Aytib o’tish joizki oxirgi kunlarda Shveytsariyada, PKK/PYD terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaguvchilarining namoyishlari ortdi.

654874
Kecha kechqurun Turkiyaning Tsyurix Bosh konsulligiga qarshi hujum uyushtirildi

Shveytsariyadagi Turkiyaning Tsyurix Bosh konsulligiga qarshi kecha kechqurun feyerverk orqali hujum uyushtirildi.

Bosh konsullikning deraza va devorlariga ziyon yetkazilgan hujum haqida Shveytsariya politsiyasi tergov boshlatdi.

Atrof muhitdagi kamera qaydlarini tekshiruvga olgan politsiya, hujumga guvoh bo’lganlarning eng yaqin joyda joylashgan politsiya uchastkasiga borib ko’rsatma berishlarini talab qildi.

Aytib o’tish joizki oxirgi kunlarda Shveytsariyada, PKK/PYD terror tashkilotini qo’llab-quvvatlaguvchilarining namoyishlari ortdi.

O’tgan hafta Turkiyada sodir etilgan teraktlarga qarshi norozilik bildirilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jeneva ofisi oldida PKK terror tashkilotining go’yo lavhasini ko’tarib yurgan bir kishi nazorat ostiga olingan edi.

 



Aloqador xabarlar