Astanadagi Suriya muzokarasida AQSh ham ishtirok etishi mumkin

Chavusho’g’lining ta’kidlashicha Suriya muzokarasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Turkiya, Rossiya, Eron va AQSh ishtirok etishi mumkin. Nomi tilga olingan mamlakatlarning aniq ishtirok etib etmasligi esa yaqinda ma'lum bo'ladi.

654093
Astanadagi Suriya muzokarasida AQSh ham ishtirok etishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Qozog’iston poytaxti Astanada o’tkaziladigan Suriya muzokarasida AQShning ishtirok etishi to’g’risida Turkiyaning Rossiya bilan hamfikr ekanligini aytdi.  

Chavusho’g’lining ta’kidlashicha Suriya muzokarasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Turkiya, Rossiya, Eron va AQSh ishtirok etishi mumkin. Nomi tilga olingan mamlakatlarning ishtirok etib etmasligi esa aniqlanay deb qoldi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Astanadagi Suriya muzokarasini shu yilning 23-yanvarida o’tkazmoqchi ekanliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

23-yanvardan oldin mutahassislarning Astanada uchrashuv o’tkazajagini ham tilga olgan Chavusho’g’li,

“Bu doirada Turkiya, Rossiya va Eron uchrashuv o’tkazadi” dedi.

Rossiya bilan birgalikda “Suriyada, o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilmaganlarga beriladigan jazolar” ustidan faoliyat olib borilgan hujjatlar masalasiga ham to’xtalgan Chavusho’g’li, sanksiya kiritish to’g’risida tayyorgarliklarning davom etganligini ma’lum qildi.   

Chavusho’g’li shuningdek,

“Afsuski haligacha rejim va ba’zi guruhlar tomonidan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi buzilmoqda. Hatto vaqti-vaqti bilan havo hujumlari ham sodir etilmoqda. Kechagi muloqatimizda rossiyalik kasbdoshim Lavrovga bu masalani takror eslatdim. Siz ham kafil mamlakat sifatida o’z burchingizni ado etishingiz darkor. Qo’laversa rejim qo’l qo’ygan kelishuv hujjatining kafili Rossiyadir. Bu borada Eron bilan ham ikki marotaba uchrashdim. Har bir kafil mamlakat o’z burchini bajarsin. Shu doirada biz ham. Muxolifat guruhning o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilishi uchun kerakli chora va tadbirlarni ko’rmoqdamiz” dedya gapirdi.

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPGning aslo Astana muzokarasida ishtirok etmasligini ta’kidlagan Chavusho’g’li,

“Biz bu muzokarada bir terror tashkilotining ishtirok etishini xohlamaymiz. Bunga ruxsat bermaymiz ham. Bu mavzudagi fikrimizni do’stimiz Rossiya ham judayam yaxshi biladi va bu masalada ular ham oyoq tirayatgani yo’q” dedi.

    

 

 

 



Aloqador xabarlar