Turkiya Harbiy Bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Saudiya Arabistoniga jo’nab ketdi

Hulusi Akar 15-16 yanvar kunlari Saudiya Arabistonining poytaxti Riyadda o'tkaziladigan “DAIShga qarshi kurash ittifoqi” nomli yig’ilishga qatnashadi.

651604
Turkiya Harbiy Bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Saudiya Arabistoniga jo’nab ketdi

Shu yilning 15-16 yanvar kunlari Saudiya Arabistonining poytaxti Riyadda “DAIShga qarshi kurash ittifoqi” nomli yig’ilish o’tkaziladi.

Mazkur yig’ilishga 13 davlatning harbiy bosh shtab raislari ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan Turkiya Harbiy Bosh shtabi raisi general Hulusi Akar bugun Saudiya Arabistoniga jo’nab ketdi.

Mazkur yig’ilishda DAIShga qarshi kurash doirasida olib borilgan Evfrat qalqoni operatsiyaning istiqboli va bundan keyingi jarayonning muhokama qilinishi kutilmoqda.

Turkiya fursatdan foydalanib, Evfrat qalqoni operatsiyasiga hissa qo’shish xususida tashqi davlatlarga talab va istaklarini ma’lum qiladi.

 



Aloqador xabarlar