Binali Yildirim:"Turk askari Mo'sulni DAIShdan tozalashga hissa qo'shadi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Iroqning Bashika harbiy bazasida turk askarining faoliyati majburiyatdan kelib chiqqanini aytdi.

647042
Binali Yildirim:"Turk askari Mo'sulni DAIShdan tozalashga hissa qo'shadi"

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Iroqning Bashika harbiy bazasida turk askarining faoliyati majburiyatdan kelib chiqqanini aytib: “Askarimiz Mo’sul viloyatini terror tashkiloti DAIShdan tozalashga o’z hissasini qo’shadi”,-dedi.

Binali Yildirim bu so’zlarni Iroq safaridan qaytishida Ankaradagi Esenbo’g’a aeroportida jurnalistlarga bergan muloqotida tilga olib o’tgan.

Iroq rasmiylari bilan o’tkazilgan muloqotlar ikki mamlakat aloqalarida yangi davr boshlanishiga hissa qo’shganini aytgan Binali Yildirim xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning ahamiyatiga to’xtaldi.

U terror tashkiloti PKKning Sinjar hududini maskan qilib olganini aytib, Turkiya bunga ko’z yuma olmasligini ma’lum qildi.

“Bashika harbiy bazasi Iroqqa tegishli. Turk askari majburiyatdan Bashikada faoliyat ko’rsatmoqda. Mo’sul viloyati DAIShdan tozalangunicha turk askari u yerdagi harbiy faoliyatini davom ettiradi. Undan keyin vaziyatga qarab ish yuritamiz”,-deydi Binali Yildirim jurnalistlarga bergan muloqotida.

Ma’lum bo’lishicha, Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim va hamrohligidagi bir guruh vazirlar Iroqdagi Bashika harbiy bazasida bo’ldi va u yerda xizmat o’tagan turk askarlari bilan uchrashdi.

Eslatma: Shu yilning 7 yanvar kuni Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim Iroqqa rasmiy ziyorat amalga oshirgan edi. Mazkur ziyorat ikki kun davom etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar