Vladimir Putin, Angela Merkel va Fransua Olland Turkiyaga ta'ziya bildirdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin terrorizmga qarshi kurashda Turkiyaning eng yaqin hamkori bo'lib qolishini ta’kidlagan.

641837
Vladimir Putin, Angela Merkel va Fransua Olland Turkiyaga ta'ziya bildirdi

Germaniya Bosh vaziri Angela Merkel va Fransiya Prezidenti Fransua Olland Istanbuldagi tungi klubda sodir bo'lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

Angela Merkel bu hujumni insonga yarashmagan harakat sifatida baholagan.

Yelisey saroyi saytida ma’lum qilinishicha, Fransua Olland Turkiya xalqiga hamdard ekanini bildirgan.

Shuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Turkiya prezidentiga hamdardlik yo'llagan.

U Rossiya terrorizmga qarshi kurashda Turkiyaning eng yaqin hamkori bo'lib qolishini ta’kidlagan.

“Yangi yilni kutib olish uchun to’plangan insonlarni o’ldirishdan ham yomonroq jinoyatni tasavvur qilish juda qiyin. Faqat, insoniy va ahloqiy qadriyatlar terroristlarga yot bo’lgan tushuncha. Bizning vazifamiz terrorizmga qarshi qattiq kurash olib borishdir”,-deydi Vladimir Putin o’z ta’ziya maktubida.

Oxirgi ma`lumotlarga ko'ra, yangi yil bayrami vaqtida tungi klubga terrorist bostirib kirib, atrofga o’q uzishi oqibatida halok bo'lganlar soni 39 nafarni tashkil qildi.

 



Aloqador xabarlar