Turkiyaning, halabliklarni evakuatsiya qilish faoliyati uzluksiz davom etmoqda

Halabda o’q uzishni to’xtatish va halabliklarni evakuatsiya qilish jarayoni, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida bo’lib o’tgan muloqatlar natijasida boshlagan edi.

631767
Turkiyaning, halabliklarni evakuatsiya qilish faoliyati uzluksiz davom etmoqda
halep yaralılar.jpg

Suriyada, rejim kuchlari bilan rejim kuchlarini qo’llab-quvvatlagan chet ellik terrorist guruhlarning qamali ostida qolgan Halabning sharqidan chiqqan 3 ta evakuatsiya karvoni muxoliflarning nazorati ostidagi Idlib viloyatiga yetib bordi.

Kecha, rejim kuchlarini qo’llab-quvvatlagan chet ellik terrorist guruhlarning sabotaji yuzasidan chiqishi kechikkan karvonlardan biri kunduzi, ikkinchisi esa oqshom vaqtlarida Turkiya chegarasidagi Idlibga yetib keldi.

Tinch aholi bilan muxolifatning xavfsiz ravishda evakuatsiya qilinishi tun boyi davom etdi.  

Erta tongga qadar onlab avtobus va mikro avtobusdan tashkil topgan 3 ta karvon yana qamal ostidagi mintaqadan tinch aholi bilan muxolif jangarilarni evakuatsiya qildi.

Yuzlab yaradorni ham o’z ichiga olgan karvonlar tinch-omon, Turkiyaning Hatay viloyati roparasiga teng kelgan muxoliflar nazorati ositdagi Idlibga yetib keldi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Halabning sharqidan yo’lga chiqqan 5 karvon bilan birgalikda 7 mingdan ortiq tinch aholining evakuatsiya qilinganligini ma’lum qildi.

Janob Chavusho’g’li o’zining shaxsiy twitter sahifasi orqali bu haqida;

“Say-harakatimiz va kuzatishlarimiz uzluksiz davom etmoqda” dedi.

Shu bilan birga, Halabning g’arb mintaqasida tashkil etilgan xavfsiz mintaqaga olib kelingan va Idlibga yetkazib borilgan yaradorlardan ahvoli og’ir bolganlar Turkiyaga olib kelindi.

Turkiya Respublikasi Sog’likni saqlash vaziri Rejep Akdag’, “Jilvego’zlu” nomidagi chegara darvozasidan kecha soat 9dan e’tiboran 54 yaradorning Turkiyaga olib kirilganligi ma’lum qildi.

Chegara darvozasida 3 ta dala kasalxona tashkil etganliklarini eslatib o’tgan Akdag’, kerak bo’lsa yaradorlarning Turkiyaning Hatay, Mersin va Adana viloyatlariga yuborilajagini ham qayd etdi.

Yaradorlar uchun eng avvalo poytaxt Anqara bosh bo’lish bilan birga Turkiyaning turli viloyatlarida 800 dan ortiq o’rin ajratilganligini ta’kidlab o’tdi.

Kecha birinchi karvonning qamal ostidagi mintaqadan chiqishiga mone’lik qilmoqchi bo’lgan eronlik general Sayid Javad boshqargan jangarilar, tinch aholi bilan muxoliflar nazorati ostidagi mintaqalarga hujum qilib, jarayonga bir necha marotaba to’sqinlik qilishga harakat qildi.

Halabda o’q uzishni to’xtatish va halabliklarni evakuatsiya qilish jarayoni, Turkiya bilan Rossiya o’rtasida bo’lib o’tgan muloqatlar natijasida boshlagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar