Turkiya Shangxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo'lishi mumkin...

Tashkilotga a’zo davlatlarning fikricha, Turkiyaning tashkilotga a’zo bo’lishi katta foyda olib keladi.

615457
Turkiya Shangxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo bo'lishi mumkin...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’anning “Nima uchun Turkiya SHHT a’zosi bo‘la olmas ekan?”-degan izohi Rossiya va Xitoy bilan bir qatorda, qardosh davlat Qirg’iziston tomonidan ham qo’llab quvvatlandi.

Shangxay Hamkorlik Tashkilotiga asos solgan general Leonid Ivashovning aytishicha, iqtisodiyot, transport va xavfsizlik jihatidan Turkiyaning Shangxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo’lishi mantiqli qarorlardan biridir.

Tashkilotga a’zo davlatlarning fikricha, Turkiyaning tashkilotga a’zo bo’lishi katta foyda olib keladi.

 Rossiyada parlamentning yuqori palatasi Federatsiya kengashining Mudofaa qo’mitasi a’zosi Aleksey Pushkov: “Turkiyaning Shangxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo’lishi Erdog’an uchun mantiqli bo’ladi. Shangxay Hamkorlik Tashkiloti Yevropa Ittifoqining o’rnini bosa olmaydi, lekin, Yevropa Ittifoqidan farqli ravishda tashkilotiga a’zo mamlakatlar butunlay mustaqildir”,-deya fikr bildirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi kotibi Ging Shuang: “Turkiya uningsiz ham yaqin hamkorimizdir, albatta munosabatlarimizni yanada mustahkamlashtirishni xohlaymiz”,-dedi.

 



Aloqador xabarlar