Erdog’an: “Agar lider tosh ortiga bekingudek bo’lsa unda xalq tog’ ortiga bekinadi”.

Qatarning “al-Jazira” telekanali o’zining “Al Mukabele” deb nomlangan dasturining birinchi va ikkinchi bo’limini Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning tarjimai holiga atadi.

603632
Erdog’an: “Agar lider tosh ortiga bekingudek bo’lsa unda xalq tog’ ortiga bekinadi”.

Qatarning “al-Jazira” telekanali o’zining “Al Mukabele” deb nomlangan dasturining birinchi va ikkinchi bo’limini Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning tarjimai holiga atadi.

Birinchi bo’limda Erdog’anning bolaligi, yoshligi, siyosiy hayotining boshlang’ich yillaridan boshlab Prezidentlik yillariga qarab yo’l olgan jarayoni qo’lga olingan.

Dasturda siyosiy kariyerasining muhim nuqtalariga to’xtalgan Erdog’an, Istanbul shahar hokimi chog’ida qamalishiga sabab bo’lgan she’rini ham o’qidi.

Dastur boshlovchisi al Zufayriyning Fetullahchi terror tashkiloti/ Parallel Davlat tuzilmasining 15-iyul kuni qo’l urgan to’ntarish tashabbusi haqidagi savoli ortidan Prezident Erdog’an, ana shu kecha boshdan kechirganlarini ham yoritib berdi.

Prezident,

“Demokratiya tushunchasini yangidan shakllantirdik va bir musulmonning qanday siyosat olib borishini butun dunyoga ko’rsatdik. Sekulyarizm tushunchasini ham yangidan shakllantirdik. Sekulyarizm tushunchasining bir vaqtlar Turkiyada noto’g’ri qabul qilinganligini ham ta’kidlagan bo’ldik. Sekulyarizm degani dinning, fikrning har kimning o’zi xohlagandek yashab o’tishidir va davlatning butun bu ishonchlarni himoya ostiga olishidir. Biz yo’limizni boshidan beri huddi shunday chizdik” dedi.

Prezident, to’ntarishga tashabbus qilingan kuni kechasi yunon oroliga ketish taklifini rad etganligini ham yatdi.

Erdog’an,

“Men mana shu tuproqda tug’ildim va mana shu tuproqda jon beraman. Boshqa tuproqlarga ketish niyatim yo’q. Agar lider tosh ortiga bekingudek bo’lsa unda xalq tog’ ortiga bekinadi. Lider har doim maydonda bo’lishi darkor. Xalq shundagina uning ketidan boradi” dedi.

Hz. Muhammad va uning sunnatini o’zining yo’l xaritasi ekanligini belgilab o’tgan Prezident Erdog’an, o’z umrini bu sunnatda aytilgandek davom ettirgan sayin hatolardan uzoqlashganligini ham ta’kidladi.

Prezident, kuchli xitob etish qobiliyati va adabiyotga bo’lgan qiziqishining Imom Hatib maktabiga borib taqalganligini va Mavlona Jaloliddin Rumiy, Mehmet Akif Ersoy va Nejip Fazil Kisakurek kabi adabiyotchilar asarini sevib o’qiganligini aytishni ham unutgani yo’q.

 

 

 



Aloqador xabarlar