Suriya shimolida Evfrat qalqoni operatsiyasi davom etmoqda

Operatsiya doirasida terror tashkiloti DAIShga tegishli 94 ta obyekt va terror tashkiloti PKKga tegishli 9 ta obyekt portlatildi.

598144
Suriya shimolida Evfrat qalqoni operatsiyasi davom etmoqda

Suriya shimolini DAISh terror tashkilotidan tozalash maqsadida yuritilgan Evfrat qalqoni operatsiyasi davom etmoqda.

Shu yilning 24 avgust kuni boshlangan operatsiya mintaqada o’z natijasini bermoqda.

Operatsiyaning 65-kunida terroristlar bilan bo’lgan otishmalarda 2 ta muxolif halok bo’ldi, 16 ta muxolif yaralandi.

Terror tashkiloti DAISh Mare hududining janubi sharqiga havo to’pi bilan hujum qildi.

Hujum oqibatida bir muxolif askar yaralandi.

Operatsiya doirasida terror tashkiloti DAIShga tegishli 94 ta obyekt va terror tashkiloti PKKga tegishli 9 ta obyekt portlatildi.

Muxolif kuchlardan tashkil topgan Maxsus xizmat kuchi Aktarin janubida joylashgan Jabal Kirbat Al Kanisah atrofida nazoratni qo’lga oldi.

Muxolif kuchlar Evfrat qalqoni operatsiyasi boshlangandan beri, taxminan 1305 km kvadratlik maydonni DAIShdan tozaladi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Evfrat qalqoni , #operatsiya , #muxolif , #DAISh

Aloqador xabarlar