Turkiya Iroqda bo’lgan yoki Iroqqa sayohat qilmoqchi bo’lgan fuqarolarini ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Turkiya fuqarolari majbur bo’lmagan taqdirda, Iroqqa umuman sayohat qilmaslikka, Iroqda bo’lgan turklar esa, xavfli viloyatlarni darhol tark etishga chaqirildi.

592600
Turkiya Iroqda bo’lgan yoki Iroqqa sayohat qilmoqchi bo’lgan fuqarolarini ogohlantirdi

Turkiya Iroqda bo’lgan yoki Iroqqa sayohat qilmoqchi bo’lgan fuqarolarini ogohlantirdi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko’ra, Turkiya fuqarolari Iroqdagi xavfsizlik vaziyati sababli, Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi tarkibida bo’lgan Duhok, Erbil va Suleymaniya viloyatlaridan tashqari, barcha viloyat va tumanlarga sayohat qilmaslikka chaqirildi.

Anbar, Bobil, Bog’dod, Basra, Diyala, Dikar, Kadisiye, Karbalo, Kerkuk, Meysan, Mutenna, Nejef, Ninova, Selahaddin, Vasit viloyatlarida faoliyat ko’rsatgan turk firmalari va ishchi xodimlari har ehtimolga qarshi tayyor turishi tavsiya qilindi.

Shuningdek, gavjum maskanlardan uzoq turishlari, xavfsizlik chora-tadbirlariga to'la amal qilishlari va Bog’doddagi Turkiya elchixonasi bilan yaqin aloqada bo’lishlari iltimos qilindi.

Turkiya fuqarolari majbur bo’lmagan taqdirda, Iroqqa umuman sayohat qilmaslikka, Iroqda bo’lgan turklar esa, xavfli viloyatlarni darhol tark etishga chaqirildi.

Iroqning boshqa viloyatlariga qaraganda yana ham xavfsiz bo’lgan Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi tarkibidagi hududlarda bo’lgan Turkiya fuqarolarining DAIShga qarshi operatsiya ketayotgan hududlardan uzoq turishlari kerakligi eslatildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar