Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Bu doirada Turkiyaning Tunjeli, Bitlis, Mush va Siirt viloyatida Turk xavfsizlik kuchlarining amaliyoti avj oldi.

591691
Turkiyada PKK terror tashkilotiga qarshi kurash uzluksiz davom etmoqda

Turkiyaning Tunjeli viloyati qishloqlarida havo hujumi boshlatgan xavfsizlik kuchlari 10 terroristni yo’q qildi. Kelib chiqqan to’qnashuvda bir nafar serjant yengil tan jarohati oldi. Amaliyot doirasida 8ta uzun stvolli o’qotar qurol ham qo’lga tushirildi. Mintaqada uyushtirilgan boshqa amaliyotda ham, xavfsizlik kuchlari yo’liga terroristlar tomonidan oldindan joylashtirib qo’yilgan va qo’lda yasalgan portlaguvchi moddalar nazoratli ravishda portlatildi.  

Turkiyaning Bitlis viloyati, Tatvan tumani, Anadere qishlog’ida yuritilgan amaliyotda esa 4 ta uzun stvolli o’qotar qurol, 6 ta granata, 4 ta qo’lda yasalgan portlaguvchi modda va ko’plab qurol-yaroq qo’lga tushirildi.

Mush viloyatida uyushtirilgan amaliyotda esa terrorist ekanligi gumon qilingan 8 kishi nazorat ostiga olindi.

Xavfsizlik kuchlari tomonidan Turkiyaning Siirt viloyatida uyushtirilgan amaliyotda esa 3 terrorist o’ldirildi. Amaliyotda, terroristlarga oid 1 ta M-16 piyoda quroli, 2 ta kalashnikov va bu qurollarga oid ko’plab o’q-dorilar qo’lga tushirildi. Mintaqada uchastkalarni teshirish ishlari davom etmoqda.



Aloqador xabarlar