Turkiya koalitsiya kuchlari safida Musul operatsiyasiga qatnashadi

Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim: "Koalitsiya kuchlari Turkiyaning operatsiyaga qatnashishi uchun kelishuv yo'lga qo'ydi. Turkiya koalitsiya safida DAIShga qarshi kurashadi"

592006
Turkiya koalitsiya kuchlari safida Musul operatsiyasiga qatnashadi

Turkiya koalitsiya kuchlari safida Musul operatsiyasiga qatnashadi.

Bu haqda bayonot bergan Turkiya Bosh vaziri Binali Yildirim terror tashkiloti DAIShga qarshi kurash olib borgan koalitsiya kuchlari Musul operatsiyasiga Turkiyaning ham qo'shilishi xususida kelishib olganini ma'lum qildi.

Turkiya Oliy majlisida matbuotga bayonot bergan Binali Yildirim: "Koalitsiya kuchlari Turkiyaning operatsiyaga qatnashishi uchun kelishuv yo'lga qo'ydi. Turkiya koalitsiya safida DAIShga qarshi kurashadi",-dedi.

Ma'lum qilinishicha, kecha Musulni terroristlardan tozalash maqsadida boshlangan operatsiyalarga turk jangovar samolyotlari ham qatnashmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Iroq , #Musul , #operatsiya , #koalitsiya , #DAISh

Aloqador xabarlar