Ibrahim Kalin: “Xavfsiz mintaqalar hayotimizni saqlab qoladi”

Prezidentlik kotibi o’rinbosari va voizi Ibrahim Kalinning "Daily Sabah" gazetasida chop etilgan maqolasi...

578579
Ibrahim Kalin: “Xavfsiz mintaqalar hayotimizni saqlab qoladi”

                                                                                                                                                           

Halapda qon to’kilar ekan, dunyo bunga ko’z yummoqda. Suriyada xavfsiz hududlarni tashkil qilish bo’yicha Turkiyaning chaqiruvi insonlarning hayotini saqlab qolish jihatidan katta ahamiyatga ega. Xalqaro hamjamiyatning e’tiborsizligi faqatgina Beshar Asad rejimining qirg’inlariga zamin yaratadi. Ayni paytda, DAISh tahlikasini avj oldiradi va begunoh insonlarning hayotiga zomin bo’lishiga olib keladi.

Ma’lum bo’lganidek, AQSh va Rossiya 9 sentyabr kuni o’zaro kelishgan holda sulh bitimini yo’lga qo’ydi. Lekin, buning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bilan, Beshar Asad kuchlarining havo hujumlarida yuzlab inson halok bo’ldi.

25 sentyabrning o’zida Halapda 60 inson nobud bo’ldi. Bular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor. Madaniyat va san’atning ramzi bo’lgan tarixiy shahar 2011 yili Suriyada ichki urush boshlangandan beri og’ir havo hujumlari oqibatida harobaga aylandi.

Beshar Asad rejimi muxolif kuchlarning qal’asini bartaraf etish maqsadida, Halapda yashagan tinch aholini va shaharning katta qismini yo’q qilishni ko’zda tutgani oshikor.

Bu rejim bundan oldin ham qatl qilish va zulm o’tkazish bo’yicha o’zini isbotlagan. Ayni paytda, vaqtdan yutish va qo’rquv solish strategiyasini davom ettirish uchun sulh bitimi va siyosiy kelishuv tashabbusidan o’z manfaati yo’lida foydalandi.

Rossiya, Eron, Hizbulloh va boshqa jangari guruhlarning qo’llab quvvatlovi bilan Halapni har kuni barril bombalari va havo hujumlari bilan portlatmoqda. Xatto, BMTga qarashli gumanitar yordam karvonlari ham bu hujumlardan o’z nasibini oldi. Rejim kuchlari bularning barchasini BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi arafasida sodir qilib, go’yo xalqaro hamjamiyatni mazhara qildi va kamsitdi.

Aytib o’tganimdek, BMT Xavfsizlik kengashining 2015 yil 18 dekabrda qabul qilgan 2254-sonli qarori Suriyada urushni to’xtatish, demokratik hukumatga tomon siyosiy o’tish jarayonini yo’lga qo’yish va gumanitar yordamlarning ta’minlanishi uchun yangi reja va muxlat belgilashi zarur edi. Qolaversa, bu jarayonda DAIShga qarshi kurashishga ham yordam berishi kerak edi.

11 fevralda qabul qilingan Munih shartnomasining Jenevada BMT boshchiligidagi muzokaralarga ham zamin yaratishi zarur edi. Lekin, yana kutilganidek, rejim bu muzokaralardan ham o’z manfaati yo’lida foydalandi.

BMT mutasaddilari tasdiqlaganidek, Beshar Asad rejimi BMT Xavfsizlik kengashining 2254-sonli qarorini, Munih shartnomasini va 9 sentyabrdagi dushmanlikni to’xtatish shartnomasini doimiy ravishda oyoq osti qildi.

 Rejim Lazkiya va Halap shimolidagi Idlib hududida muxoliflar qo’lida bo’lgan va ayni paytda tinch aholi yashagan hududlarni portlatdi, yuzlab tinch aholini o’ldirdi va yordamga muhtoj insonlarga gumanitar yordam yetkazilishiga ham yo’l qo’ymadi.

Asad rejimining boshqa bir bahona ilgari surishining ma’nosi yo’q. Halabdagi jinoyat to’dasi,

Tinchlik yoki siyosiy o’zgarish bilan qiziqmaydi. Insoni  yordamlarni tinch aholiga yetkazib berishga hatto sabrlari yo’q. Bir  shafqatsizdan mehr kutish nodonlikdir.

Ushbu to’qnashuvning harbiy natijasi nima bo’lsa bo’lsin xalqaro hamjamiyat, Halab va o’lkaning qolgan qismida tinch aholini  himoya qilish  uchun harakat qilishi kerak.  Buning uchun eng yaxshi yo’l tinch aholi uchun  xavfsiz hududlar tashkil etish.

Ushbu shafqatsiz urush oxirgi besh yilda bizga bir narsani  o’rgatdi u esa xavfsiz hududlar tashkil etish. Ommaviy jinoyatlar, sharlarning vayron qilinishi va minglab qochqinning Turkiya va boshqa o’lkalarga ko’chishini to’xtatishning yagona  yo’lidir.

Xavfsiz hududlar, Suriyadagi urushning  ikki shafqatsiz tomoni bo’lgan Asad  rejimi va  DAEShning ayrim kuzatmasdan qilgan jinoyatlaridan tinch aholini   himoya qilishda  katta yordam beradi.

Qochqin sonini kamaytirish va o’lkada uy- joyini tark etmoq majburiyatida qolgan insonlarga boshpana bo’ladi. BMT va boshqa tashkilotlarga insoni yordam ishlarini tartiblash imkoniyati ta’min etadi.

Bundan tashqari xavfsiz hududlar Suriya xalqiga yolg’iz emasliklarini xalqaro hamjamiyat ularni  himoya qilish  uchun bu yerda bo’lishi ularni umidlantiradi. Bunday bir  vaziyat, AQSh va  Yevropa  bilan  bir qatorda, barchaning foydasiga bo’ladi.

Bu imkonsiz bir maqsad emas. Xavfsiz hudud tuzishning  siyosiy va harbiy xarajati, Suriyaliklar  oxirgi  besh yilda duch kelgan qiyinchilik va azob, siyosiy  jarayonning  muvaffaqiyatsizligi bilan muqoyasa qilib qaraganda  juda    kam  bir narsa ekanligi ma’lum bo’ladi.

Suriyada xavfsiz hudud tashkil etish va davom ettirilishi  so’zda juda qiyinchiliklar  va  qayg’udan ko’proq bahona kabi ko’riladi. Yutuqli bo’lgan taqdirda,  DAEShga qarshi kurash, harbiy jihatdan oz xavfli emas.

Xavfsiz hududlar tashkil etishning foydasi  juda katta bo’ladi: Tinch aholini himoya qilish, Asad rejimini  muzokara qilishga  majburlash, qochqin soni kamayadi, Suriyadagi mo’tadil muxolif guruhlarni rejim va DAEShga qarshi kuchaytirib Suriyadagi urushda muvozanat ta’min etiladi.

Suriyada xavfsiz hududlar tashkil etish uchun choralar qidirish, jinoyatchi  Asad rejimiga  sulh tuzish yoki tinchlik uchun yalinish bilan muqoyasa qilinganda, siyosiy va axloqiy jihatdan yana ma’nolidir.  

Xalqaro  hamjamiyat ushbu maqsadni amalga oshirishda ko’plab imkoniyatga ega.

Faqat, bu borada afsuski  siyosiy iroda va axloqiy nazariyadan mahrumlar.

Bu esa zamonimizning eng katta axloqiy aybi, insonlikligimiz Suriya xalqi bilan   o’lgani diqqatga olganda  yoqimli  bir narsa kabi ko’rinmas.  

 

 

 



Aloqador xabarlar