Fetullahchi terror tashkiloti borasida xorijiy jurnalistlarga ma'lumot berildi

Matbuot va informatsiya bosh direktorligi, “ Tarixga va milliy birlikka guvohlik” dasturi doirasida, 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusi va Fetullahchi terror tashkiloti (FETO) milliy va xalqaro faoliyatlar  xalqaro ommaviy axborot vositalari  vakillari

577849
Fetullahchi terror tashkiloti  borasida  xorijiy jurnalistlarga  ma'lumot berildi

Matbuot va informatsiya bosh direktorligi, “ Tarixga va milliy birlikka guvohlik” dasturi doirasida, 15- iyul harbiy to’ntarish tashabbusi va Fetullahchi terror tashkiloti (FETO) milliy va xalqaro faoliyatlar  xalqaro ommaviy axborot vositalari  vakillariga anglatildi.

Matbuot va informatsiya bosh direktorligidan qilingan izohga ko’ra, “ Tarixga va milliy birlikka guvohlik” dasturi doirasida  Germaniya matbuot hay’ati bilan  Qirg'iziston, Belgiya, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), Buyuk Britaniya, Italiya, Frantsiya va Niderlandiyadan kelgan jurnalistlar va xalqaro matbuot hay’ati, Matbuot va informatsiya bosh direktorligini ziyorat qildi.

Bosh direktor Mehmet Akarja bilan uchrashgan hay’at, 15- iyul harbiy tashabbusi, FETOning va  xalqaro faoliyati  borasida ma’lumot oldi.

15- iyul harbiy to’ntarishga tegishli  xalqaro jurnalistlarga ma’lumot bergan Akarja,

“ Har narsa normal deb o’ylagan bir paytda , bir  oqshom askarlar kazarmalaridan chiqib insonlarga hujum qilganiga guvoh bo’ldik. Juda ko’p sonda harbiy to’ntarishga guvoh bo’lgan birovi sifatida shuni ayta olaman ki,  ushbu harbiy tashabbus hech biriga  o’xshamasdi. O’z o’lkasida, soliqlarimiz bilan ishlab chiqarilgan tanklar, qurolla bilan  o’z insonlarimizni nishon oldi.

Prezidentimiz jonli efirda uyali telefoni bilan xalqga  qilgan chaqirig’i sababli, liderlariga va demokratiyalarini himoya qilish uchun xalq maydonlarini to’ldirib ushbu xoinlariga qarshi  fidokorona kurashdilar ” dedi.

Bir jurnalistning, FETO tergovi doirasida nazoratga olingan jurnalistlar bilan tegishli bir savolga Akarja, nazoratga olingan jurnalistlar, jurnalist faoliyatlari sababli emas,  FETO tergovi doirasida terrorizm jinoyati tufayli nazoratga olingan va bu  borada  oxirgi qarorni  esa mahkamalar beradi deb javob berdi.

O’g’rilik qilgan bir jurnalist, jurnalistlik vazifasini olib borgani uchun emas, o’g’rilik qilish  aybi bilan nazoratga olinadi deb misol bergan Akarja, bu vaziyat dunyoning har joyida ayni ekanini ma’lum qildi.  Harbiy to’ntarish tashabbusiga tegishli  majlis tergovi ham qisqa muddatda boshlaydi.

Turk xalqining  harbiy to’ntarish  tashabbusi  kechasi ko’rsatgan g’ayrati borasida ham  to’xtagan Akarja,

“ Harbiy to’ntarish bilan duch  qolgan va erkinliklari qo’lidan olinmoqchi bo’lgan bir xalq demokratiyani qanday sevganini, demokratiya uchun jonini berishni ko’zga olib maydonlarni to’ldirganiga guvoh  bo’ldi. Sizlar kabi demokratiyani o’zlashtirgan o’lkalarning jurnalistlari Turk xalqining  demokratiya uchun qilgan sa’y- harakatini  taqdir etishlaringizga ishonchim komil” deb ma’lum qildi.

Akarja, g’arblik o’lkalar harbiy to’ntarish tashabbusiga qarshi Turkiyaga  hamdardlik bildirishda juda kech qolishdi  deb ta’kidladi.  

 Hay’at, “ Tarixga  va  milliy birlikka guvolik” dasturida doirasida  turli tashkilotlarni  ham ziyorat etadi deb bildirildi.

 



Aloqador xabarlar