Turkiya bo’lginchi terror tashkilotiYPGni oxirgi marotaba ogohlantirdi.

Turkiya, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning Suriya tarmog’i PYDning qurolli qanoti YPGga oxirgi marotaba ogohlantirdi.

561467
Turkiya bo’lginchi terror tashkilotiYPGni  oxirgi marotaba ogohlantirdi.

Turkiya, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning Suriya tarmog’i PYDning qurolli qanoti YPGga oxirgi marotaba ogohlantirdi.  

Tashqi ishlar  vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, YPG a’zosi terroristlari  tezda Firat daryosining sharqiyga chekinmagan taqdirda mo’ljal bo’lishlari borasida ogohlantirdi.

Chavusho’g’lu, rasmiy bir safar tufayli Anqaraga tashrif buyurgan Niderlandiyalik kasbdoshi Bert

Koenders bilan uyushtirilgan mushtarak matbuoti anjumanida, 24 – avgustda boshlagan Firat  Qalqoni operatsiyasi Jerablusni terror tashkiloti DEAShdan  bartaraf etganini eslatdi.

Mavlut Chavusho’g’lu,

“ Kichik bir   harbiy kuch bilan DEASH  nazorat etgan hududlarni tark etmoqda, bu yerlardan qochishmoqda. ( DEAShga qarshi koalitsiya ichidagi ) 5-6 o’lka hatto bu mavzuda hamkorlik qilsa edi. Suriyada va Iroqda bunday bir terror tashkiloti bo’lmasdi” deb bildirdi.

Operatsiya qilingan Menbich hududida umuman Arablar istiqomat qilganini va Turkiya himoya qilgan ushbu operatsiya ichidagi kuchlar ham ushbu mintaqa odamlari deb aytgan Chavusho’g’lu,

“ Bu mintaqaga hududni tark etgan insonlar joylashtirilishi kerak, ular istiqomat qilishi kerak.

Faqat YPGning maqsadi bu emas. YPG borgan hududlarda o’zlari kabi o’ylamagan Kurdlarni  hatto ko’chishga majbur qilinmoqda. Etnik guruhlar bartaraf qilinmoqda.

Operatsiyadan YPG/PYD/PKKning  bezovta bo’lishining  sababi bu. DEASh bilan kurashganini ifoda etgan bir terror tashkiloti, DEASHga qarata boshqa kuchlarning  yuritgan operatsiyadan nima uchun bezovta bo’ladi? Agar mushtarak  mo’ljal DEASH bo’lsa nima uchun bezovta bo’ladi? “ deb ta’kidladi.

Terror tashkiloti YPG ham o’zi ham  Vashington boshqaruv ham  va’da qilganidek,  tezda Firat daryosining g’arbidan chiqib ketishi kerak degan Vazir,  

“ Aksi taqdirda  mo’ljal bo’ladi.” Dedi.

Mavlut Chavusho’g’lu, Adanadagi Injirlik harbiy bazasida o’rnatilgan harbiylarni ziyorat etmoqchi bo’lgan Nemis deputat  bilan  tegishli bir savolga esa,

“ kerakli qadamlar tashlansa  ruxsat beramiz, yo’qsa aybga buyurmasinlar” deb aytdi.

Turkiya, 1915- voqealarini  iyun oyida Nemis Parlamentida “ Genotsid” sifatida baholashidan beri, bu o’lkaning Injirlik harbiy bazasiga kirishiga ruxsat berilmaydi.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #YPG , #PKK , #Chavusho'g'lu , #Ogohlantirdi

Aloqador xabarlar