Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Jizreda sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoraladi

Prezident Erdog’an terror tashkiloti PKK tomonidan sodir qilingan hujumda halok bo’lgan politsiya xodimlariga Allohdan rahmat, yaradorlarga esa, shifo tiladi.

560018
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Jizreda sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoraladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bugun Shirnakning Jizre tumanida sodir bo’lgan terror hujumini qattiq qoraladi.

Erdog’an terror tashkiloti PKK tomonidan sodir qilingan hujumda halok bo’lgan politsiya xodimlariga Allohdan rahmat, yaradorlarga esa, shifo tiladi.

Uning fikricha, Jizre xalqidan yordam ko’rmagan terroristlar bunday hujumlar bilan o’zini ko’rsatishga va xalqni qo’rqitishga harakat qilmoqda.

“15 iyul voqealari, Gaziantepdagi hodisa, Giresunda muxolif partiya rahbariga nisbatan sodir qilingan suiqasd tashabbuslariga qarshi bir yoqadan bosh chiqarishimizdan hech kim shubha qilmasin. Turkiya terror hujumlari bilan mamlakatimiz tinchligiga rahna solgan terroristlarning qora amallariga aslo yo’l qo’ymaydi”,-deydi Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #terror , #Shirnak , #hujum , #Erdogan

Aloqador xabarlar