Turk Qurolli Kuchlari Suriyaning Jarablus tumanini DAISh terroristlaridan tozaladi

Amerika boshchiligidagi koalitsiya kuchlari ham operatsiyaga havodan o’z hissasini qo’shdi.

558854
Turk Qurolli Kuchlari Suriyaning Jarablus tumanini DAISh terroristlaridan tozaladi

Turk Qurolli Kuchlari mushtarak maxsus xizmat kuchi va koalitsiya havo kuchlari tomonidan Suriyaning Jarablus hududini terror tashkiloti DAIShdan tozalash operatsiyalari muvaffaqiyatli yakunlandi.

“Firat qalqoni” deb nomlangan operatsiyada muxoliflardan tuzilgan Mustaqil Suriya qo’shini Jarablus tumanining nazoratini qo’lga oldi.

Suriya-Turkiya chegarasida joylashgan Jarablus tumani terror tashkiloti DAIShdan tozalandi va terroristlar janubga haydaldi.

Amerika boshchiligidagi koalitsiya kuchlari ham operatsiyaga havodan o’z hissasini qo’shdi.

Amerika Mudofaa vazirligi DAIShni bartaraf etishga mo’ljallangan “Firat qalqoni” operatsiyasiga havo hujumlari bilan hissa qo’shganini ma’lum qildi.

Operatsiya paytida Mustaqil Suriya qo’shinidan bir askar halok bo’ldi, ko’plab DAISh terroristi o’ldirildi.

Reuters xabar agentligiga intervyu bergan “Al Nusra” tashkilotiga yaqin muxoliflar terroristlarning aksariyati Jarablusdan qochganini, janubdagi Al Bab shahriga tomon surilganini, ba’zilari esa, taslim bo’lganini ma’lum qildi.

Tumanda DAISh terroristlari tomonidan joylashtirilgan bomba tuzoqlari bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, Turkiyada butunlay mahalliy texnologiyalar bilan ishlab chiqilgan “Bayraktar TB2” uchuvchisiz havo vositasi ham Jarablusdagi operatsiyada ishtirok etdi.

BMT ham operatsiyalarga o’z hissasini qo’shdi.

BMT bosh kotib voizi Stephane Dujarric ma’lum qilishicha, Suriyada DAISh va boshqa terror tashkilotlariga qarshi kurash xalqaro hamjamiyatning asosiy vazifalaridan biridir.

Uning aytishicha, BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon DAIShning Turkiyaga nisbatan hujum qilganini qoraladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar