Mevlud Chavushog'lu, Fethullah Gulenni qaytarish mavzusiga diqqat qaratdi

Mevlud Chavushog'lu, Fethullah Gulenni Turkiyaga qaytarib berish mavzusiga diqqat qaratdi.

558820
Mevlud Chavushog'lu, Fethullah Gulenni qaytarish mavzusiga diqqat qaratdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Fethullah terror tashkiloti (FETO/PYD) to'da boshi Fethullah Gulenni Turkiyaga qaytarib berishning oson ish bo'lmaganini, milliy xavfsizlik jihatidan katta xavf bahs mavzusi bo'lganiga diqqat qaratdi.

Chavushog'lu, Twitter orqali bergan bayonotida, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezident o'rnibosari Joe Bidenning Anqara ziyoratining ahamiyatiga diqqat qaratib, Bidenning ziyorati doirasida hamkorlik uchun tashlangan ochiq qadamlarni dastaklash kerakligini ifoda etdi.

FETOni yaxshi bilish kerakligiga diqqat qaratgan Chavushog'lu, "Bunlar diniy guruh emas, dinni o'z manfaatlari uchun suiste'mol qilgan ayovsiz terrordir" deb mulohaza bildirdi.

Chavushog'lu, quyidagicha izoh bildirdi: "15 Iyul kunidan keyin 1999 yildan buyon AQShda yashayotgan Gulen va terror tashkilotining manfaatiga tayangan aloqalari, maxfiy maqsadlari fosh qilingandir. Gulenni Turkiyaga qaytarish oddiy tergov jarayoni emas. Milliy xavfsizligimiz jihatidan katta tahdit bahs mavzusi" deb bildirdi.



Aloqador xabarlar