Terror tashkiloti PKK Elazig', Van va Bitlisda hujumlar uyushtirdi

Terror tashkiloti PKKning Elazig', Van va Bitlisdagi hujumlariga davlat arboblari norozichilik ko'rsatdi.

554712
Terror tashkiloti PKK Elazig', Van va Bitlisda hujumlar uyushtirdi

Terror tashkiloti PKKning Elazig', Van va Bitlisda uyushtirga hujumlariga davlat arboblari norozichilik ko'rsatdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Elazig' Tumani Xavfsizlik Mudurligiga qaratilgan hujum bilan aloqali vakillardan ma'lumot oldi.

Prezidentlik manbalariga ko'ra, Prezident Erdo'g'an, hujumdan xabardor bo'lgandan keyin, o'z navbati bilan Elazig' Gubernatori Murat Zorluog'lu, bosh vazir Binali Yilrimi va bosh shtab boshqarmasi armiya generali Hulusi Akar bilan telefon orqali ko'rishdi.

Bosh vazir Yildirim, "Millatimizga shuni aytamanki, bu yo'lga kirdik. Hech qaysi bir terror tashkiloti bila turib Turkiya bilan jang qilmaydi, bu millatni terror tashkilotiga topshirmaymiz" deb ifoda etdi.

Boshqa tomonda, Taraqiyot Vaziri Lutfu Elvan, Yevropa Ittifoqi Vaziri O'mer Chelik va Adolat Vaziri Bekir Bozdag' hujumni nafrat bilan qoraladi.

Ijtimoi media hisobidan bayonot bergan Taraqiyot Vaziri Lutfu Elvan, "FETOning egizagi PKK xoin hujumlarini davom ettirmqoda, qorong'u kuchlardan olgan buyuruq bilan bombali hujumlar uyushtirmoqda" deb ifoda etdi.

Yevropa Vaziri O'mer Chelik esa, "Dardimiz katta bu davlatni teraktga taslim etmaymiz" dedi.

Bekir Bozdag' ham bergan bayonotida, Turkiyaning terror tashkilotlari, terorrizm va terrorga qarshi kurashni qat'iyli bilan davom ettirishiga diqqat qaratdi.

Bozdag' shuningdek "Hech qaysi bir terror hujumi javobsiz qolmaydi" dedi.

Jumhuriyat Xalq Partiyasi Rahbari Kemla Kilichdarog'lu ham, Elazig'da maydonga kelgan bombali hujumdan keyin bergan bayonotida terrorni bartaraf qilish uchun hukumatga har tomonli dastak berganliklarini izohladi.



Aloqador xabarlar