PKK terror tashkiloti Vanda hujum uyushtirdi

Mashinaga yuklangan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida yuz bergan hujum oqibatida 1 nafar politsiya xodimi bilan 2 nafar tinch aholi jon berdi.

554215
PKK terror tashkiloti Vanda hujum uyushtirdi

Turkiyaning Van viloyatida PKK terror tashkiloti politsiya markaziga qarshi hujum uyushtirdi. Mashinaga yuklangan portlaguvchi moddaning portlatilishi oqibatida yuz bergan hujum oqibatida 1 nafar politsiya xodimi bilan 2 nafar tinch aholi jon berdi.

Jon berganlardan tashqari 20 nafar politsiya xodimi bilan 73 kishi tan jarohati oldi.

Tan jarohati olganlardan 3 nafarining ahvolining og’ir ekanligi ma’lum qilindi.

Portlaguvchi modda yuklangan mashinani politsiya markaziga olib kelgan terroristning kim ekanligi aniqlanar ekan u, yarador olaroq qo’lga tushirildi.

Hujum ortidan politsiya markazi atrofida yig’ilgan xalq, PKK terror tashkilotini lanatladi.

Voqea ortidan shahar boylab harbiy amaliyot boshlatildi.

 



Aloqador xabarlar