Yevropaning poytaxtida terror tantanasi...

Belgiya PKK terror tashkilotining 1984 yil 15 avgust kunida sodir qilgan qonli hujumiga 32 yil to'lgani munosabati bilan PKK tarafdorlarining bayram qilishiga ruxsat berdi.

551776
Yevropaning poytaxtida terror tantanasi...

Terror tashkiloti tarafdorlari poytaxt Brusselning Spanjeplein maydonida to'planib, qonli voqealarni bayram qatorida nishonladi.

Qonli terror tashkiloti 1984 yili Turkiyaning Siirt viloyati Eruh tumani bilan Hakkarining Shemdinli tumanida ikki askarning halok bo'lishiga sabab bo'lgan birinchi hujumini sodir qilgan edi.

Namoyishda terror tashkiloti lideri Abdullah O'jalanning ozod qilinishi talab qilindi.

Politsiya xodimlari ma'lum qilishicha, bu namoyishga davlat tomonidan rasmiy ravishda ruxsat berilmagan, bunga qaramasdan namoyishlar 3 soat davom etgan.

Belgiya rasmiylari 15 iyul kuni Turkiyada sodir bo'lgan to'ntaruv tashabbusini qoralash maqsadida u yerda yashagan turklarning namoyish o'tkazishiga esa ruxsat bermagan edi.

Ular noxush voqealarga sabab bo'lishi mumkinligini bahona qilgan edilar.

Belgiya Bosh vaziri Charles Michel: "Turkiyadagi vaziyatning Belgiyaga ta'sir ko'rsatishiga yo'l qo'ymaymiz",-degan edi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Belgiya , #PKK , #terror tashkiloti

Aloqador xabarlar