Prezident Erdo'g'an, "Turk-Rus aloqalariga zarar berganlar bor" dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Fethullah terror tashkilotining Turk-Rus aloqalarini buzishni istagani maydonga chiqganini izohladi.

548974
Prezident Erdo'g'an, "Turk-Rus aloqalariga zarar berganlar bor" dedi

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Fethullah terror tashkilotining Turk-Rus aloqalarini buzishni istagani maydonga chiqganini izohladi.

Prezident, 24 Noyabr kuni Rus samolyotini tushirilishini "Yomon hodisa" sifatida baholab; "Aloqalarimizni buzmoqchi bo'ldilar" deb ifoda etdi.

Erdo'g'an, rasmiy ziyorat doirasida borgan Rossiyada, Prezident Vladimir Putin bilan yakkama-yakka ko'rishdi.

Ikki lider keyinchalik Turk-Rus Ishbilarmonlar yig'ilishiga qatnashdi.

Erdo'g'an bu yerda so'zlagan nutqida, ikki o'lka o'rtasidagi hududlarni ijobiy shakilda foydalanish mavzusida qat'iy bo'lganliklariga diqqat qaratdi.

Tijorat hajmining 100 milliard dollarga ko'tarilishni mo'ljallaganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, Turk Oqimi va Akkuyu Ayom Stansiyasi kabi mavjud loyihalarning tezda kuchga kirishini bildirib, Rus tadbirkorlarni Turkiyada sarmoya kiritishga chaqirdi.

Mushtarak Sarmoya Fondi vujudga keltirilishini ham bildirgan Erdo'g'an, hamkorlikning mudofaa sanoatini ham o'z ichiga oladigan darajada kengayishini takidladi.

Vladimir Putin esa Turkiya bilan tijoriy aloqlarni samolyot tarangligidan oldini va undan ham yaxshi rivojlantirishni mo'ljallaganliklarini izohladi.

Gaz yetkazish mavzusida Rossiyaning eng ishonchli davlat bo'lganini takidlagan Putin, qurilish sektorida ham hamkorlikni ortirishni istaganliklarini bildirdi.

Rus lider, erkin sayohat uchun faoliyatga o'tishlarini ham takidladi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar