Prezident Erdo'g'an va Prezident Putin Turk- Rus  ish olami yig’ilishiga  qatnashdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Fetullahchi  terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO/ PDY)ning Turk - Rus aloqalariga salbiy ta’sir tashlamoqchi ekani  aniqlandi dedi.

548679
Prezident  Erdo'g'an va Prezident  Putin  Turk- Rus  ish olami yig’ilishiga  qatnashdi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an, Fetullahchi  terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO/ PDY)ning Turk - Rus aloqalariga salbiy ta’sir tashlamoqchi ekani  aniqlandi dedi.

Prezident, 24-  noyabrda Rus samolyotining  urib tushirilishi “ yomon bir hodisa  deb  baholadi.

“ Aloqalarimizning ustiga  qora bir soyadek cho’kti deb ma’lum qildi.

Erdo’g’an rasmiy  safar  tufayli  bo’lgan Rossiyada,  Prezident  Vladimir Putin bilan o’zaro uchrashuv o’tkazdi.

Ikki lider keyinchalik Turk- Rus  ish olami yig’ilishiga  qatnashdi.

Bu yerda bayonot bergan Prezident Erdo’g’an,  ikki o’lka o’rtasidagi imkoniyat mintaqa uchun  yana foydali ravishda  ishlatishga qarorli   ekanlarini ta’kidladi.

Savdo hajmini  100 milliard dollarga chiqarishni maqsad qilib olganlarini aytgan Erdo’g’an, Turk oqimi va Akkuyu atom stansiyasi kabi mavjud loyihalar eng qisqa zamonda hayotga tatbiq etiladi.

Rus ishbilarmonlarini  Turkiyada yangi sarmoyalar kiritishga chaqirdi.

Mushtarak sarmoya fondi tuziladi degan Erdo’g’an, hamkorlik mudofaa sanoatni ham  o’z ichiga oladigan shaklda kengayadi deb bildirdi.

Mezbon Vladimir Putin esa Turkiya bilan iqtisodiy va savdo aloqalarida samolyot inqirozidan oldingi vaziyatga yetib borib va  uning ustiga chiqmoqchi ekanlarini ma’lum qildi.

Gaz mavzusida esa  Rossiyaning  eng  ishonarli o’lkasi  ekanini  ifoda etgan Putin ,inshoot sektorida ham hamkorlikni tiklamoqchimiz deb ta’kidladi.

Rus lider,  viza ozodligiga takror qaytish uchun faoliyatlarga boshlanadi deb ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar