Turkiya-Rossiya munosabatlarida yangi davr...

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an 9 avgust kuni Rossiyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

547419
Turkiya-Rossiya munosabatlarida yangi davr...

9 avgust kuni Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o’rtasida bo’lib o’tadigan rasmiy uchrashuv ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochishi taxmin qilinmoqda.

Bu haqda Tass xabar agentligi ma’lum qiladi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Tass xabar agentligiga bergan intervyusida, “Do’stim Putin bilan bo’ladigan uchrashuvimizdan so’ng, davlatlarimiz o’rtasida yangi davr boshlanadi. Tarixiy ziyorat bilan yangi boshlang’ich bo’ladi. Ikki davlat birgalikda juda katta ishlarni amalga oshiradi”,-dedi.

Shuningdek, xalqaro masalalarga ham to’xtalgan Erdog’an: “Suriya inqiroziga yechim topish jarayoni Rossiyaning hamkorligidagina amalga oshadi”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar