Istanbuldagi demokratiya va shahidlar mitingi  tarixiy  lahzalarga   guvohlik  qildi

Bosh vazir  va Adolat va taraqqiyot partiya  Bosh rahbari Binali  Yildirim,   Jumhuriyat  xalq partiyasi bosh rahbari Kemal  Kilichdarpo’g’lu va Millatchi harakat partiyasi  Bosh rahbari Devlet Bahcheli maydondagi yurtdoshga salom berishi bilan yana ham b

547077
Istanbuldagi demokratiya va shahidlar mitingi  tarixiy  lahzalarga   guvohlik  qildi

Istanbuldagi demokratiya va shahidlar mitingi  tarixiy  lahzalarga   guvohlik  qilmoqda.

Bugun ertalab Yenikapi maydoniga kelgan millionlab  yurtdosh, Prezident Erdo’g’anning tashrifi bilan tantana   o’z avjiga yetdi.

Bosh vazir  va Adolat va taraqqiyot partiya  Bosh rahbari Binali  Yildirim,   Jumhuriyat  xalq partiyasi bosh rahbari Kemal  Kilichdarpo’g’lu va Millatchi harakat partiyasi  Bosh rahbari Devlet Bahcheli maydondagi yurtdoshga salom berishi bilan yana ham birdamlik tuyg’usi mustahkamlashdi.

Shahidlar uchun bir daqiqali   hurmatdan so’ngra istiqlol madhiyasi o’qildi.

Diniy ishlar  boshqarmasi Mehmet Go’rmez 15- iyuldagi xoinona  harbiy tashabbusda shahid bo’lgan 239  nafar yurtdosh uchun maydonda yig’ilganlar bilan  duo qildi.

Mitingda dastlab Millatchi harakat partiyasi  Bosh rahbari Devlet Bahcheli ma’ruza qildi.

Bahcheli ma’ruzasida, 15- iyulda yangi bir tirilishning xushxabarini berdingiz” degan Bahchali, Turkiyaning  kelajagini qanday  himoya qilinganini  faxr bilan tomosha qilganini aytdi.

15- iyulning yangi  bir ishg’ol sinovi ekanini ta’kidlagan Bahcheli,

“ Zolimlar va  imperializmning xizmatchilari bu safar Turk askari qiyofatida edilar.  Olim va din olimi ko‘rinishli bir terrorist jinoyat  tashkilotiga Turkiyani  hujum qil  buyurug’i berdi “ deb aytdi.

U kun  tanklar oldi  milliy  vijdon qarshilik ko’rsatdi degan  Millatchi harakat partiyasi  Bosh rahbari Devlet  Bahcheli, Turk millati u tun  o’qlarga  qarab guyo  gul bog’iga kiradigan kabi yurdilar deb ta’kidladi.

Bahchelidan so’ngra so’zga chiqqan Jumhuriyat xalq partiyasi Bosh rahbari Kemal Kilichdaro’lu,  sodir bo’lgan ushbu katta balodan barcha siyosiy rahbarning  sabaq olishi kerak dedi.

 Zamonaviy  madaniyat   saviyasiga erishgan, kelishuv madaniyatini o’zlashtirgan bir Turkiya uchun masjid,  harbiy birliklarda, adliyada siyosat bo’lmasligi lozim degan Kilichdaro’g’lu, har shartda demokratiyani  himoya qilamiz aytdi.

 Na  diktatura na harbiy to’ntarish, yashasin to’liq demokratiya”  degan Jumhuriyat xalq partiyasi Bosh rahbari Kemal Kilichdaro’lu, millatning irodasi ustida har turli  soyani  olib tashlash kerak deb aytdi.

Jumhuriyatni asrab avaylash barchaning vazifasi degan Kemal Kilichdaro’g’lu, parlament sistemasini yana ham  mustahkamlash lozim dedi. 

Kemal Kilichdaro’ludan so’ngra Bosh shtab rahbari Qo’shin generali Hulusi Akar ma’ruza qildi.

Hulusi Akar, 15-  iyulda Turk qurolli kuchlariga sizgan bir guruh terrorist ( Fetullahchi terror tashkiloti parallel davlat tuzilishi (FETO/ PDY a’zolari)

Vatan va millatga, tarixda ko’rilmagan bir razolat bilan hujum  qildilar, loyiq bo’lganidek  javobi   yana millat tomonidan berildi.

Bu millat qonli terroristlarni,  Turk qurol kuchlari ko’pchilikni tashkil etgan qahramon mansablarini ajratishlari  xursand qiluvchi deb  aytgan  Bosh shtab rahbari, Turk qurol kuchlari davlatning buyurug’i  va vazifalarining boshida deb ta’kidladi.

Akar ma’ruzasini, g’alaba demokratiya  darhaqiqat  millatimizningdir. Aziz millatimiz baxtli bo’lsin deb bildirdi.

Bosh vazir Binali Yildirim qilgan ma’ruzasida, maydonni to’ldirgan barcha muxolif siyosiy partiya bosh rahbarlariga va tarafdorlariga salom berib boshladi.

“81 viloyat bilan shimoliy Kipr Turk respublikasida ushbu mitingni tomosha qilgan barchaga salomlarini taqdim etaman dedi” Binali  Yildirim, 15- iyul Turk millatining  2- Ozodlik  urushi ekanini aytdi.

“ Bu millat tuproqning ustida sharfsiz yashashdan esa tuproqning  tagida sharafli yashashni tanladi” degan  Bosh vazir, bo’lginchi terror tashkiloti PKKning  ham yurtdoshlar orasida ekan  nafrat  urug’ini   bartaraf etamiz dedi.  

15- iyulni  mikroblar bartaraf etilgan kun degan Yildirim,  xalqimizni bezovta qilgan barcha unsurlarni yo’q qilamiz deb aytdi.

Yildirim, “ FETO to’da boshchisi Turkiyaga kelib ushbu xoinligining javobini beradi” deb aytdi.

Turkiya oliy millat majlisi raisi Ismail  Kahraman ham qilgan ma’ruzasida,  xoin harbiy tashabbus sodir bo’lgan 15- iyul tuni  Turkiya oliy millat majlisi  ochiq edi va faoliyatini  davom ettirdi deb eslatdi.

Harbiy to‘ntaruvchilar u oqshom Majlisni bombaladi degan kahraman, bu  esa millatning yuragini bombalash ma’nosiga keladi dedi. 

Faqat  azim va  jasorat ko’rsatgan millatimiz,  ushbu xoinona harbiy to’ntarish tashabbusini   bartaraf qildi dedi. Harbiy to’ntarish tarixiy ham shunday  bo’lib  Yakunlandi dedi.

Umidini Turkiyaga bog’lagan bir ko’ngil geografiyasi  ham mavjud bo’lganini aytgan  Turkiya oliy millat majlisi raisi Ismail  Kahraman,

“ Millat davlatsiz, davlat  esa qo’shinsiz” bo’lmaydi “dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bosh , #Vazir , #Yildirm , #Miting , #Ma'ruza

Aloqador xabarlar