Istanbul demokratiya va shahidlar mitingiga tayyor

Prezident yetakchiligida bo’lib o’tadigan tarixiy mitingda Bosh vazir Binali Yildirim bilan birga Respublika xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li va Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheli ham ishtirok etadi.

546497
Istanbul demokratiya va shahidlar mitingiga tayyor

Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan 15-iyul kuni tashabbus qilingan to’ntarish ortidan bir necha kundan beri davom etib kelayotgan va demokratiyaga atalgan navbatchilik mitingining finali bugun Istanbuldagi Yenikapi maydonida bo’lib o’tadi.

Yenikapi maydonida bo’lib o’tadigan va 3 milliondan ortiq aholining ishtirok etishi kutilgan mitingda to’ntarishga qarshi birlik va birdamlik shiorlari ko’tariladi.

“Demokratiya va shahidlar mitingi” deb nomlangan miting maydoniga erta kunlab tashrif buyurgan yuz minglab fuqaro maydonni to’ldira boshladi.

Yenikapida esa metro stansiyasi devorlariga to’ntarish shahidlarining foto suratlari osib qo’yildi.

Prezident himoyasida bo’lib o’tadigan tarixiy mitingda Bosh vazir Binali Yildirim bilan birga Respublika xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li va Milliyatchi harakat partiyasi raisi Devlet Bahcheli ham ishtirok etadi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Hulusiy Akar ham ishtirok etadigan mitingda san’atkorlar bilan sportchilarning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Tarixiy mitingda xavfsizlikni ta’minlash uchun katta chora va tadbirlar ko’rildi.   

Buning uchun 15 ming politsiya xodimi bilan 15 ming xavfsizlik xodimiga vazifa topshirildi.

Miting uchun tashrif buyurganlar 3 ta katta darvozada turib, nazoratdan o’tkaziladi.  

Nogironlar uchun alohida kirib-chiqish darvozalari mavjud.

Miting ishtirokchilarining kelib ketishi uchun davlat tomonidan 7 mingta avtobus ajratildi.

Dengiz vositasi orqali ham 12 nuqtadan maydonga kelish imkoni yaratildi.

Ertalabdan kechkacha 50 ta dengiz vositasi xizmatda bo’ladi.

Undan tashqari 728 nafar tibbiy xodim maydonda xizmat beradi.

Shu bilan birga, “Demokratiya va shahidlar mitingi” uchun Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Bosh vazir, o’zining shaxsiy twitter sahifasi orqali barcha yurttoshlarni taklif qilndi.  

Yurttoshlar, #TekMilletTekYurek (#BittaXalqBittaYurak) deb nomlangan hashtag orqali Yenikapiga chaqirildi.

Undan tashqari Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi, Prezidentlik himoyasida, Istanbulning Yenikapi miting maydonida uyushtirilgan “Demokratiya va shahidlar mitingi”ni ijtimoiy tarmoq orqali 7 tilida berib boradi.

Telekanallardagi jonli efirdan tashqari miting, Youtube orqali turk, ingiliz, fransiz, ispan, nemis, rus va arab tillarida ham namoyish etiladi. Ushbu berishlar soat 17:00da boshlaydi.   


Tanlangan kalimalar: #Yenikapi , #demokratiya , #navbatchilik , #final

Aloqador xabarlar