Demokratiya uchun 113 yoshli Oysha ona ham navbatchilik qildi

Turk xalqi 15-iyul kuni yuz bergan Fetullahchi terror tashkilotining to’ntarish tashabbusi ortidan demokratiya uchın navbatchilik qilishni davom ettirmoqda.

537704
Demokratiya uchun 113 yoshli Oysha ona ham navbatchilik qildi

Turk xalqi 15-iyul kuni yuz bergan Fetullahchi terror tashkilotining to’ntarish tashabbusi ortidan demokratiya uchın navbatchilik qilishni davom ettirar ekan kecha ular orasida Turkiyaning Manisa viloyati, Turgutlu tumanida 113 yoshli Oysha ona ham bor edi.  

O’z farzandlari tomonidan demokratiya uchun navbatchilik qilish niyatida shaharning markazida joylashgan 50-yil maydoniga olib kelingan Oysha Karabuber, nogironlar aravachasida platformaning yoniga olib borildi.

Qo’lidagi turk bayrog’i va boynidagi Prezident Erdog’anning rasmi o’rin olgan kashnesi bilan e’tiborlarni o’ziga qaratgan Karabuber, vatan uchun duo qilganligini aytdi.

Karabuber, to’ntarishning oqibati davlat uchun nimalar olib kelishi haqida aytar ekan o’z so’zida,

“Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdog’an va yonidagi davlat arboblari uchun duo qilyapman. Olloxim davlatimiz va uning rahbarlariga uzoq umr bergan bo’lsin. Men tarixda yuz bergan barcha to’ntarishlaru, favqulodda vaziyatlarni boshdan kechirdim. O’sha vaqtlarda xalqning qanday azoblar tortganligini ham yaxshi bilaman. Ollox takror ko’rsatmasin. Shuning uchun ham farzandlarimdan meni mana shu yerga olib kelishlarini iltimos qildim” dedi.

Maydonda bir soat navbatchilik qilgan Karabuber, farzandlari tomonidan takror o’z uyiga olib ketildi.


Tanlangan kalimalar: #Oysha ona , #demokratiya , #navbatchilik

Aloqador xabarlar