TUSIADdan Turkiya hukumatini qo'llab quvvatlash yo'lida tashabbus...

TUSIAD xorij davlatlarida Turkiya tushunchasini yoritish maqsadida Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya, Fransiya va Angliyaning ilg’or gazetalariga “Turkiyada demokratik konstitutsiyaviy tartibni saqlash” mavzuyida e’lon berdi.

537102
TUSIADdan Turkiya hukumatini qo'llab quvvatlash yo'lida tashabbus...

Turk sanoatchilar va tadbirkorlar jamiyati TUSIAD Turkiyada (FETO/PDY) Fetullah Gulen harakati-Parallel davlat tuzilishining 15 iyulda sodir qilgan to’ntaruv tashabbusi haqida xalqaro hamjamiyatga to’g’ri ma’lumot berishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi.

TUSIAD xorij davlatlarida Turkiya tushunchasini yoritish maqsadida Amerika Qo’shma Shtatlari, Germaniya, Fransiya va Angliyaning ilg’or gazetalariga “Turkiyada demokratik konstitutsiyaviy tartibni saqlash” mavzuyida e’lon berdi.

Financial Times, Le Monde, Washington Post va Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetalarida chop etilgan e’londa, Turkiyadagi davlatga qarshi harbiy to’ntaruv tashabbusiga nisbatan turk xalqining mustahkam irodasi, siyosiy partiyalarning va butun tashkilotlarning demokratiyaga sodiqligi, davlatini himoya qilish ongining ahamiyati va Turkiya iqtisodiyotining kuchi qayd etildi.

E’lon matnida Turkiyaning global dunyoda tutgan o’rni va Yevropa Ittifoqiga a’zolik jarayonining ahamiyatiga hamda Turkiya iqtisodiyotining global inqirozga qaramasdan ko’rsatgan chidamliligiga e’tibor qaratildi.

E’londa: “Turkiya demokratiyaga bo’lgan ishonchini isbotladi. Biz Turkiya demokratiyasining chidamliligini va huquqining ustunligiga bo’lgan ishonchini namoyish qilishidan aminmiz. TUSIAD bu olamshumul tamoyillarni samimiy qo’llab quvvatlaydi”.

TUSIAD qolaversa, bu mavzudagi to’g’ri ma’lumotlantirishni butun dunyoga tarqatish uchun aloqa mexanizmini ishga soldi.

Gazeta e’lonlari ingliz, nemis va fransuz tillarida nashr qilindi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TUSIAD , #e'lon , #xorij , #gazeta , #nashr , #demokratiya

Aloqador xabarlar