Numan Kurtulmush Turkiya kun tartibini baholadi

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Numan Kurtulmush bir telekanaldagi jonli efirda Turkiya kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

536622
Numan Kurtulmush Turkiya kun tartibini baholadi

Oliy harbiy kengash yig’ilishining Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi qarorgohi o’rniga Chankaya ko’shkida o’tkazilishining sababi haqidagi savolga Kurtulmush avvalom bor Oliy harbiy kengash yig’ilishining Bosh vazir rahbarligida bo’lib o’tajagini eslatib o’tdi. Shuningdek odatga ko’ra har doim Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi qarorgohida o’tkazilganligini, kengash rahbarining yig’ilishni qayerda o’tkazishni xohlasa ana shu yerda ham o’tkazish imkoni borligini o’z so’ziga ilova etdi.

Bosh vazir o’rinbosari va hukumat voizi Numan Kurtulmush 28-iyul kuni bo’lib o’tadigan Oliy harbiy kengash yig’ilishini “favqulodda yig’ilish” deya baholar ekan, “Kim bo’lishidan qat’iy nazar FETO terror tashkiloti bilan aloqasi borlarning barchasi aniqlanishi kerak” dedi.

Bosh vazir o’rinbosari Kurtulmush, 15-iyul kechasi yuz bergan to’ntarish tashabbusini esa “qora jildli daftarning beti ochildi” deya ifodaladi.     


Tanlangan kalimalar: #Numan Kurtulmush , #Turkiya , #kun tartibi

Aloqador xabarlar