Prezident Erdog’an uyi oldida yig’ilgan hamyurtlariga xitob etdi

Erdog’an, Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan 15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusidan beri Istanbuldagi uyi oldidan ketmagan hamyurtlariga yana xitob etdi.

532853
Prezident Erdog’an uyi oldida yig’ilgan hamyurtlariga xitob etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an ertaga bo’lib o’tadigan Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishi ortidan muhim qarorlar e’lon qilinajagini aytdi.

Erdog’an, Fetullahchi terror tashkiloti tomonidan 15-iyul kuni qo’l urilgan to’ntarish tashabbusidan beri Istanbuldagi uyi oldidan ketmagan hamyurtlariga xitob etdi.

Prezident, bostirilgan to’ntarish tashabbusi ortidan nimalar qilinishi kerakligi haqida hukumat tomonidan muhim chora va tadbirlar ko’rilayotganligini belgilab,

“Bu borada ertaga Milliy xavfsizlik kengashi bilan Vazirlar kengashining muhim yig’ilish bo’lib o’tadi” dedi.  

Bu masalaning oddiy masala emasligini, milliy vatan masalasi ekanligini ta’kidlagan Erdog’an,

“Biz kim ekanligi noma’lum kishilarga o’z vatanimizni topshirib qoymaymiz” dedi.  

Hozirda adliyada va xavfsizlik tashkilotida kerakli chora va tadbirlarning ko’rib chiqilayotganligini ta’kidlagan Erdog’an, Fetullahchi terror tashkiloti rahbari Fetullah Gulen haqida Adolat vaziriligi tomonidan hujjatlarning tayyorlanganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Prezident Erdog’an undan tashqari 15-iyul kungi to’ntarish tashabbusi chog’ida Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi va Prezidentlik saroyini mo’ljalga olganlarning aslida askar uniformasining sharafini o’ziga qalqon qilib olgan terroristlar ekanligini aytdi. Erdog’an shuning uchun ham xalqdan bu qaroqchilar bilan turk askarlarini birdek ko’rmasligi kerakligini ham talab qildi.

Bir to’ntarish tashabbusining tarixda birinchi marotaba xalq tomonidan to’xtatilganligini ta’kidlagan Erdog’an, buning ayni vaqtda turk demokratiyasi kuchining ham ko’rsatkichi ekanligini aytdi.

Erdog’an, davlatning barcha muassasalariga saraton kasalligi hujayrasidek yoyilgan bu xoinlarni yo’q qilish faoliyatining, adliya tomonidan davom etajagini ifodaladi.

“Uniformalik terroristlarni gunohsizdek ko’rsatishga harakat qilgan to’ntarish tarafdorlari” degan ifodaga o’rin bergan Prezident Erdog’an, ularning ham aslida hakam qarori bilan terror tashkilotiga a’zo ekanliklarini ta’kidladi.

Erdog’an butunjahonda vatanga xiyonat qilganlarga qanday jazo berilsa ularning ham huddi ana shunday jazoga mahkum qilinajagini ifodaladi.

Prezident voqea chog’ida shahid bo’lganlarga, demokratiyani o’z uyidan duolar va ko’z yoshlari orqali qo’llab-quvvatlaganlarga, millatning sharafini himoya qilgan barcha siyosiy partiya liderlariga, vatani uchun o’z jonini o’rtaga qoyib kurashgan Milliy politsiya idorasi a’zolariga, xoin rejaga bosh egmagan buyuk turk askarlariga, to’ntarishchilarga qarshi turgan media a’zolariga minnatdorchilik bildirdi.

Prezident o’z so’zini,

“Har bir qiyinchilik ortida bir qulaylik, har bir tunning oxirida bir yorug’lik bordir” deya davom ettirdi.

Erdog’an, bu tuproqlarda o’z yurttoshlariga tanklar bilan, qurol-yaroqlar bilan o’q uzadigan xoin kishilarning voyaga yetmasligini ta’kidlagan holda, FETO-ning loyiha ustidan tashkil topgan bir tashkilot ekanligini qayd etdi.

Prezident FETO kabi vatanning birligi va butunligiga qasd qilgan barcha terror tashkilotlariga qarshi uzluksiz kurash olib borilajagini e’lon qildi.

Prezidentning kun boyi davom etgan va hamyurtlariga qaratilgan xitobi barcha telekanallar orqali tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.  

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar