Rasmiy taklifga binoan turk hay’ati Rossiyaga jo’nab ketmoqda

O’tgan yilning 24-noyabri kuni yuz bergan uchoq muammosi ortidan Turkiya-Rossiya munosabati qayta tiklanib bormoqda.

528693
Rasmiy taklifga binoan turk hay’ati Rossiyaga jo’nab ketmoqda

O’tgan yilning 24-noyabri kuni yuz bergan uchoq muammosi ortidan Turkiya-Rossiya munosabati qayta tiklanib bormoqda. Bu borada turk hay’ati, Rossiyaning rasmiy taklifiga binoan Rossiyaga jo’nab ketmoqda.

Madaniyat, Transport va Ichki ishlar vazirliklari nomidan tashkil topgan bir hay’at ertaga Rossiyada boladi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, Turkiya bilan Rossiya ertaga 14-iyul kuni Moskvada, turizm sohasida uchrashuv olib boradi.

Tashqi ishlar vazirligi bergan ma’lumotda shuningdek:

“Vazirligimiz rahbarligida Madaniyat va turizm vazirligi, Transportdengizchilik va aloqa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan birga turizm sohasi vakillari ham o’rin olgan bir hay’at ertaga, 14-iyul kuni Moskvada tegishli vakillar bilan uchrashuv o’tkazadi” deyildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan ma’lumotga ko’ra nomi tilga olingan hayat Rossiya Federatsiyasi maqomlari taklifiga binoan Rossiyaga jo’nab ketmoqda. Bundan maqsad Turkiya-Rossiya o’rtasidagi hamkorlik va munosabatlarning qo’lga olinishidir.



Aloqador xabarlar