Chet elliklarga Turkiyada mehnat qilish imkoniyati...
Chet elliklarga “Turkuaz Karti” berilishi kun tartibda...
Chet elliklarga “Turkuaz Karti” berilishi kun tartibda...
Turkiya oliy millat majlisi Ramazon oyi bayrami munosabati bilan bir hafta tanaffus berilgan faoliyatini davom ettiradi.
Turkiya oliy millat majlisi kengashida bu hafta, chet elliklarning noqonuniy ishlash faoliyatining oldini olish, mahalliy- xorijiy ish kuchi muvozanatini ta’min etib sifatli xorijiy ish kuchidan foydalanishni nazarda tutgan Xalqaro ish kuchi qonuniy loyihasini muzokara qilinishni rejalanmoqda.
Loyihaga ko’ra, Mehnat va ijtimoiy xavfsizlik vazirligi, xorijiylarni ish bilan ta’min etish talablarini olish,
Xalqaro ish kuchi ta’sirlarini kuzatib borish uchun xorijilarning murojaati, muhokama va kuzatish sistemasi barpo etiladi.
Salomatlik va ta’lim xizmatlarida mehnat qiladigan chet elliklarga ishlash uchun qilgan murojaati muhokama qilinadi. Xalqaro Mehnat maslahat siyosati qo'mitasi tashkil etiladi.
Turk ekanini bildirganlar, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi yurtdoshi va Yevropa İttifoqi a’zosi o’lka yurtdoshlari bilan ilmiy, madaniy, san’at yoki sportif maqsadlar bilan Turkiya kelgan yutuqli chet elliklarga Turkiyada mehnat qilish mavzusida istisnolardan foydalanadi.
Vazirlar kengashi o’lka manfaatlari lozim bo’lgan hollarda, chet elliklarga mehnat qilish ruxsati beriladi deb bildirildi.
Xalqaro Mehnat siyosati maslahat kengashining tavsiyalari va vazirliklarga qilgan murojaat mos ko’rilgan taqdirda chet elliklarga “ Turkuvaz karti” beriladi.
Turkiyada bir oliy o’quv yurtida tahsil olayotgan chet ellik talabalar esa mehnat qilish ruxsati olish sharti bilan ishlashlari mumkin bo’ladi.
Aloqador xabarlar
Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi
TBMM raisi Numan Kurtulmush cherkes surguni qurbonlarini yodga oldi.