Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Ramazon hayiti munosabati bilan xalqqa tabrik yo'lladi

“Aziz xalqim! Muborak ramazon oyini ortda qoldirib, bayram kunlariga ham yetib keldik. Musulmonlarning muqaddas bayrami bo’lmish ramazon hayiti bilan barchangizni chin yurakdan tabriklayman!",-deydi prezident o’z tabrigida.

524134
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Ramazon hayiti munosabati bilan xalqqa tabrik yo'lladi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an muborak ramazon hayiti munosabati bilan xalqqa tabrik yo’lladi.

 “Aziz xalqim! Boshi rahmat, o’rtasi mag’firat, oxiri abadiy azobdan qutulish kuni bo’lgan muborak ramazon oyini ortda qoldirib, bayram kunlariga ham yetib keldik. Musulmonlarning muqaddas bayrami bo’lmish ramazon hayiti bilan barchangizni chin yurakdan tabriklayman!”,-deydi prezident o’z tabrigida.

Shuningdek, “Bir oy mobaynida qardoshlik gashtini, hamjihatlikni, yordamsevarlik tuyg’usini barchamiz birgalikda ta’tib ko’rdik. Vatanimizda, mahallamizda, uyimizda qavmu-qarindoshlarimiz bilan bir burda nonni baham ko’rdik. Vanihoyat, muqaddas bayramlarimizni idrok etadigan kunlar keldi. Hayit bayrami Rabbimizning bizga bergan ne’matidir, milliy birlik va hamjihatligimizni mustahkamlashtirish, qardoshlik ahdimizni boqiy qilish uchun katta fursatdir”,-deya o’z his-tuyg’ularini ifoda etadi prezident Erdog’an.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #ramazon , #hayit , #bayram , #tabrik , #prezident

Aloqador xabarlar