Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Jizreda harbiy xizmatni o'tagan askarlar bilan iftorlik qildi

Mamlakatni terroristlardan tozalashga bir baxya qolganini tilga olgan prezident Erdog’an, harbiy operatsiyalar yurtda tinchlik o’rnatilgunicha davom etishini tilga oldi.

518457
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Jizreda harbiy xizmatni o'tagan askarlar bilan iftorlik qildi
Erdoğan, cizre, iftar.jpg

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an Jizre tumanida harbiy xizmatda bo’lgan askarlar bilan birgalikda iftorlik qildi.

Harbiy Bosh shtab raisi general Hulusi Akar, Dengiz, havo va jandarm boshqarmasi qo’mondonlari, Yevropa Ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi O’mer Chelik hamda Atrof-muhit va obodonlashtirish vaziri Mehmet O’zhaseki Prezident Erdog’anga hamrohlik qildi.

Mamlakatni terroristlardan tozalashga bir baxya qolganini tilga olgan prezident Erdog’an, harbiy operatsiyalar yurtda tinchlik o’rnatilgunicha davom etishini tilga oldi.

Uning aytishicha, barcha o’z millati, qavmi bilan faxrlanishi mumkin, bu ularning tabiiy haqqidir lekin, na turkning, na kurdning bir-biridan ustunligi yo’q. Ustunlik faqatgina Allohga xosdir.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #operatsiya , #askar , #iftor , #prezident

Aloqador xabarlar