Turkiya Tashqi ishlar vazirligi yangi lavozimga tayinlangan vakillarni e'lon qildi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog’lu Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlandi.

509163
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi yangi lavozimga tayinlangan vakillarni e'lon qildi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi Feridun Sinirliog’lu Turkiyaning BMTdagi doimiy vakili, Tashqi ishlar vazir o’rinbosari Naji Koru BMTning Jenevadagi doimiy vakili, Tashqi ishlar vazirligi kotibi Tanju Bilgich esa, Turkiyaning Belgraddagi favqulodda va muhtor elchisi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Turkiyaning Bog’doddagi elchisi Faruk Kaymakchi Yevropa Ittifoqining doimiy vakili, Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi o’rinbosari Ali Kemal Aydin Turkiyaning Berlindagi favqulodda va muhtor elchisi, Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi o’rinbosari Murat Salim Esenli Turkiyaning Italiyadagi favqulodda va muhtor elchisi, Tashqi ishlar vazirligining Yaqin sharqdan mas’ul direktori Jan Dizdar Turkiyaning Birlashgan Arab Amirliklaridagi favqulodda va muhtor elchisi, Tashqi ishlar vazirligi maslahatchi o’rinbosari Levent Murat Burhan Turkiyaning Irlandiyadagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlandi.

Yevropa Ittifoqi vazirligi maslahatchisi Rauf Engin Soysal Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili, Tashqi ishlar vazirligining o’zaro siyosiy ishlardan mas’ul direktori elchi Hulusi Kilich Turkiyaning Moldaviyadagi favqulodda va muhtor elchisi, Tadqiqot va xavfsizlik  boshqarmasi bosh direktori Tunch Ug’dul Turkiyaning Polshadagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlandi.

Asligul Ug’dul Turkiyaning Slovakiyadagi elchisi lavozimiga tayinlandi.

 

 



Aloqador xabarlar