Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Afg’onistonda...

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik poytaxt Qobulda Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani tomonidan qabul qilindi.

504841
Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Afg’onistonda...

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik rasmiy tashrif bilan Afg’onistonning poytaxti Qobulda bo’ldi.

Fikri Ishik dastlab, Afg’oniston Mudofaa vaziri o’rinbosari Abdullah Xon Habibiy bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasidagi harbiy hamkorlik imkoniyatlari va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Fikri Ishik Turkiya-Afg’oniston aloqalarining 95 yilligi munosabati bilan ushbu mamlakatga rasmiy ziyorat amalga oshirganidan baxtiyor ekanini tilga oldi.

Afg’oniston Mudofaa vaziri o’rinbosari Abdullah Xon Habibiy esa, Turkiya oxirgi 15 yil ichida Afg’onistonga ko’plab sohalar bo’yicha katta yordam ko’rsatganini ma’lum qildi.

So’ngra, Afg’oniston Bosh vaziri Abdullah Abdullah bilan uchrashgan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Afg’onistonga har sohada yordam safarbarligi davom etishini ma’lum qildi.

Afg’oniston Bosh vaziri Abdullah ham oxirgi paytlarda, Turkiya tomonidan Afg’onistonga ko’rsatilgan yordamlarning ahamiyatiga to’xtaldi.

Shuningdek, Turkiya Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik Afg’oniston Prezidenti Eshref Gani tomonidan qabul qilindi.

Qabul chog’ida, ikki davlat o’rtasidagi aloqalar, Afg’onistondagi xavfsizlik va siyosiy vaziyat, NATOning Afg’onistondagi faoliyati va harbiy aloqalar kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Eshref Gani: “Turkiya afg’on askariga harbiy ta’lim berish bo’yicha Afg’onistonni qo’llab quvvatlamoqda. Turkiyada askarlarimiz harbiy ta’lim olmoqda, turk ofitserlar Qobulda askarimizning malakasini oshirmoqda”,-dedi.

Fikri Ishikning aytishicha, Ozodlik urushi paytida afg’on xalqi Turkiyaga katta yordam bergan, shu sababli afg’on xalqi bilan turk xalqi o’rtasida mustahkam azaliy do’stlik mavjud.

 Ikki davlat o’rtasidagi aloqalar bundan 95 yil muqaddam Otaturk va Amanulloh Xon davrida boshlanganini eslatgan Fikri Ishik, ikki davlat aloqalarini yana ham yuqori darajaga olib chiqishga g’ayrat ko’rsatilganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afg'oniston , #mudofaa , #turk , #afg'on , #munosabatlar

Aloqador xabarlar