Turkiya, G'azoda vayron bo'lgan jome' masjidlarini qayta tiklamoqchi

G’azoda, 2009-yildan beri Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida to’liq yiqilgan jome’ masjidlarining soni 110, bir bo’lagi ziyon ko’rgan jome’ masjidlari soni esa 436 deya aniqlangan.

505242
Turkiya, G'azoda vayron bo'lgan jome' masjidlarini qayta tiklamoqchi

Turkiya Diyonat jamg’armasi Bosh direktori Mustafa Tutkun va unga hamrohlik qilgan hay’at, Isroilning hujumi oqibatida vayron bo’lgan va bugungi kunda qurilish ishlarini o’z zimmasiga olgan G’azodagi 9ta jome’ masjidi ustidan bugun tekshirish ishlari olib bordi.

G’azoga qurilish ashyolarining olib kirilishiga 45 kundan beri Isroil tomonidan ruxsat berilmaganligi bois o’z faoliyatlarini davom ettirolmaganligini ta’kidlagan Tutkun;

“Aslida biz, o’z faoliyatlarimizni Ramazon oyida tamomlab, eng kech hayit kunlari jome’ masjidlarini xalq xizmatiga ochmoqchi edik. Lekin afsuski hozirda bu imkonsizdek lekin biz qarorlimiz. Bu jome’ masjidlarini har qanday yo’l bilan tamomlab, G’azo xalqi xizmatiga albatta ochamiz” dedi.  

Ta’mirlash uchun ro’yhatga olingan barcha jome’ masjidlarining eng asosiy ishlari hozircha tamomlandi. Bugungi kunda ba’zilarining kamchiliklari ustidagina ish olib borilmoqda.

G’azoni qariyb 10 yildan beri qamal ostida ushlab turgan Isroilning 2014-yilning iyul oyidan beri qo’l urgan hujumi oqibatida 64 ta jome’ masjidi to’liq vayron bo’lar ekan, 150 ta jome’ masjidining bir bo’lagiga ziyon yetgan.

G’azoda, 2009-yildan beri Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida to’liq yiqilgan jome’ masjidlarining soni 110, bir bo’lagi ziyon ko’rgan jome’ masjidlari soni esa 436 deya aniqlandi.

To’liq yiqilgan jome’ masjidlarining 9tasini takror qurish ishlarini Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi bilan Turkiya Diyonat jamg’armasi o’z zimmasiga oldi. Buning uchun 4 million 357 ming dollar mablag’ ajratildi.

Usmonli imperiyasi davriga oid san'at va arxitektura izlarini o’z ichiga olgan jome’ masjidlarining bu yil ichida ibodatga ochilishi rejalashtirilmoqda.  



Aloqador xabarlar