Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bugun Liviyaga jo’nab ketadi

Mevlut Chavushog’lu safari chog’ida, Liviya milliy hukumati rahbarlik kengashi raisi Fayiz As-Siraj va kengash a’zolari bilan uchrashadi.

500308
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bugun Liviyaga jo’nab ketadi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu bugun Liviyaga jo’nab ketadi.

Mevlut Chavushog’lu safari chog’ida, Liviya milliy hukumati rahbarlik kengashi raisi Fayiz As-Siraj va kengash a’zolari bilan uchrashadi.

Mutahassislarning fikricha, mazkur ziyorat Turkiyaning Liviyada siyosiy yechim va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan rahbarlik kengashini qo’llab quvvatlashi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, Chavushog’luning Milliy hukumat tashqi ishlar vaziri Muhammad Seyyale bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Mazkur ziyoratdan foydalanib, 2014 yili xavfsizlik muammolari sababli yopilgan Turkiyaning Tripolidagi elchixonasi takror ochilishi rejalanmoqda.

Qolaversa, Mevlut Chavushog’luning ziyorati chog’ida, Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan ta’minlangan oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat 10 tonnalik gumanitar yordam rahbarlik kengashiga topshiriladi.

Ikki davlat hay’ati o’rtasida bo’lib o’tadigan uchrashuvlarda Liviya xalqining kundalik qiyinchiliklarini bartaraf etishga doir Turkiyaning say-harakati ko’zdan kechiriladi va bu doirada xususiy sektor homiyligida amalga oshiriladigan loyihalarga doir Liviyaning talablari ko’zdan kechirilishi kutilmoqda.

Qolaversa, mamlakatni tiklashda katta ro’l o’ynagan turk inshoat shirkatlari yarim qolgan 304 loyihani Liviyaning talablari va xavfsizlik vaziyatini inobatga olgan holda ro’yobga chiqarishi nazarda tutilmoqda.

Turkiya siyosiy inqilobdan keyin Liviya hukumatining rasmiy talabiga binoan 804 nafar politsiya xodimiga 8 oy mobaynida va 299 askarga esa, 14 hafta mobaynida harbiy ta’lim berdi.

 



Aloqador xabarlar