Turk Qurolli Kuchlari Iroq shimolidagi terror makonlarini portlatdi

Harbiy Bosh shtab rahbariyati ma’lum qilishicha, turk jangovar samolyotlari xizmatni muvaffaqiyatli yakunlab harbiy bazaga kelib qo’ndi.

500202
Turk Qurolli Kuchlari Iroq shimolidagi terror makonlarini portlatdi

Turk Qurolli Kuchlari Iroq shimoliga makon qurgan terror tashkiloti PKK bilan Suriyaning Halap viloyatidagi DAISh makonlariga havodan hujum qildi.

Halap viloyatida terror tashkiloti DAIShga tegishli 58 ta manzil nishonga olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, operatsiyada 28 terrorist o’ldirilgan.

Operatsiyada terroristlarga tegishli bomba ortilgan ikkita transport portlatildi.

Shuningdek, Turk Qurolli Kuchlariga tegishli jangovar samolyotlar kecha kechki paytlarda Iroqning shimolidagi Metina hududida operatsiya o’tkazdi.

Operatsiya jarayonida terror tashkiloti PKKga tegishli 5 ta manzil nishonga olindi.

Harbiy Bosh shtab rahbariyati ma’lum qilishicha, turk jangovar samolyotlari xizmatni muvaffaqiyatli yakunlab harbiy bazaga kelib qo’ndi.

 

 



Aloqador xabarlar