Janubiy Kipr rahbariyatining ortga tisarilishi Kipr muzokarasiga yana putr yetkazdi

Kipr muzokarasi, ShKTR Prezidenti Akinjining o’z vazifasini boshlashi ortidan BMT Bosh kotibining Kipr muzokaralari bo'yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eidening vositachiligi ortidan, 2015-yilning 15-mayi kuni takror boshlagan edi.

498062
Janubiy Kipr rahbariyatining ortga tisarilishi Kipr muzokarasiga yana putr yetkazdi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidentligi voizi Barish Burju, yozma ravishdagi o’z izohida Kiprning grek tomoni muomalasini tanqid qildi.

Barish Burjuning aytishicha, grek tomoni turklarning Nikosiyadagi bufer zonadan tashqari hududlarda ham istiqomat qilishiga chiday olmayapdi.

“Grek tomonining bu muomalasini qabul qilish imkonsiz” degan Barish Burju, Prezident Mustafa Akinjining Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki-Moon bilan bo’lgan uchrashuvining, muzokara tarixida ilk marotaba yuz bermayotganligini eslatib o’tdi. Shuningdek, Istanbuldagi uchrashuvning ham avvalgilardek yechim jarayoniga ijobiy hissa qo’shadigan maqsadda amalga oshirilganligiga e’tibor qaratdi.

Joriy yilda Kipr masalasini hal qilishni maqsad qilganliklarini ta’kidlagan Barish Burju, Kipr muammosini hal qilish uchun Prezident Akinji yuritgan say-harakatlarga jon-dili bilan hissa qo’shishga tayyor ekanligini ham ta’kidladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Istanbulda bo’lib o’tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon gumanitar sammitida ishtirok etgan Davlat va Hukumat rahbarlari hurmatiga bergan ziyofatiga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinjining ham Davlat rahbari sifatida taklif qilinishiga norozichilik ko’rsatgan Anastasiadis, Akinjining ishtiroki  tufayli Erdog’anning taklifiga ham qaramay, Istanbuldan erta kunda jo’nab ketgan edi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Vitse-prezidenti Joe Biden, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Mustafa Akinji bilan Kiprning grek tomoni lideri Nikos Anastasiadis bilan telefon orqali gaplashdi.

Akinji bilan Anastasiadis, uchbu telefon muzokarasini o’zlarining rasmiy twitter sahifalari orqali ma’lum qildi.

Barish Burjuning aytishicha, Akinji bilan Biden o’rtasida yuz bergan telefon muzokarasida, Kipr muzokarasi jarayonining oxirgi vaziyati baholangan.

Kipr muzokarasi, ShKTR Prezidenti Akinjining o’z vazifasini boshlashi ortidan BMT Bosh kotibining Kipr muzokaralari bo'yicha maxsus maslahatchisi Espen Barth Eidening vositachiligi ortidan, 2015-yilning 15-mayi kuni takror boshlagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar