Turkiya fuqarolari uchun Yevropaga vizasiz sayohat qilish davri kelmoqda

Viza bekor qilinsa, Turkiya fuqarolari joriy yilning iyun oyidan e’tiboran Schengen davlatlariga viza olmasdan bemalol sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

484235
Turkiya fuqarolari uchun Yevropaga vizasiz sayohat qilish davri kelmoqda

Yevropa Ittifoqi komissiyasi Turkiya fuqarolari uchun Schengen davlatlariga vizani bekor qilish bo’yicha tavsiya qarori oldi.

Komissiya Turkiya bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida vizani bekor qilishga doir 3 ta hisobot tayyorladi.

Hisobotda turklar uchun vizalarni iyun oyi ohirlarida bekor qilishni nazarda tutgan tavsiya qaroriga o’rin berildi.

Qarorda Turkiyaning bajarishi zarur bo’lgan 72 ta shart bilan bog’liq qo’shimcha muhlat talab qilinmadi, faqat yakunlanishi zarur bo’lgan yana 5 ta muhim shart borligi qayd etildi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasining bu qarori Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan tasdiqlangach, kuchga kiradi.

Shu sababli, tavsiya qarori dastlab, Yevropa Parlamenti Fuqaro erkinligi Adolat va Ichki ishlar komitetida ko’zdan kechiriladi.

So’ngra, bu qaror Yevropa Parlamenti umumiy kengashida ovozga qo’yiladi.

Bu vaziyatda 28 a’zo davlatdan kamida 16 tasi ovoz berishi zarur.

Lekin, ovoz bergan davlatlarning jami aholisi Yevropa Ittifoqi aholisining 65%ini tashkil qilishi shart.

Agar, bu bosqichda ham vizaning bekor qilinishi tasdiqlansa, qaror Yevropa Ittifoqida nashr qilingan rasmiy gazetada e'lon qilingach, kuchga kiradi.

Viza bekor qilinsa, Turkiya fuqarolari joriy yilning iyun oyidan e’tiboran, Germaniya, Avstriya, Belgiya, Chexiya Respublikasi, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Gollandiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Italiya, Izlandiya, Latviya, Liechtenstein, Litva, Luksemburg, Vengriya, Malta, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya va Yunonistonga viza olmasdan to'g'ridan sayohat qila oladi.

Bunga qo’shimcha ravishda, Monako, San Mariano va Vatikanga ham vizasiz sayohat qiladigan Turkiya fuqarolari turistik sayohatlarda bu davlatlarda 90 kungacha qolish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Turkiya fuqarolari Angliya va Irlandiyaga viza oladi, chunki mazkur davlatlar Schengen davlatlari tarkibiga kirmaydi.



Aloqador xabarlar