Chavusho'g'li bilan Volkan Bozkir, vizasiz rejim to'g'risida ma'lumot berdi

Turkiya Yevropa ittifoqi bilan qochqinlar masalasida muzokara qilar ekan, Turk fuqarolari uchun vizasiz rejim boshlatilishi uchun YI bilan mart oyida kelishib olgan edi.

484704
Chavusho'g'li bilan Volkan Bozkir, vizasiz rejim to'g'risida ma'lumot berdi

Yevropa ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi Volkan Bozkir,  Turk fuqarolariga qaratilgan vizasiz rejim masalasining, huquqiy jarayonining iyun oyi oxirigacha tamomlanajagini aytdi.

Bu haqida Yevropa ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi Volkan Bozkir bilan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Anjumanda gapirgan Janob Bozkir, vizasiz rejim uchun hal qilinishi kerak bo’lgan 72 moddaning yirik qismi tamomlanganligini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li esa vizasiz rejimning iyun oyida boshlashi uchun jadal faoliyat olib borayotganliklarini tilga oldi.

Yevropa ittifoqi hisobotida, Turkiyaning jadal faoliyatlarining ta’kidlanishini minnatdorchilik bilan qarshi olganliklarini belgilab o’tgan Chavusho’g’li,

“Biz amalga oshirgan faoliyatlarimizdan hotirjammiz. Bundan keyingi jarayonda ham Turkiya Respublikasi, tegishli vazirliklar va hukumat olaroq samimiy ravishda zimmamizga tushgan vazifalarimizni bajo keltirishni davom ettiramiz” dedi.

Mevlut Chavusho’g’li shuningdek;

“Biz Yevropa ittifoqi bilan bo’lgan munosabatimizga faqatgina bir tomondan qaramayapmiz. Maqsadimiz Yevropa ittifoqiga to’laqonli a’zo bo’lishdir. Yevropa ittifoqidan ham huddi mana shu samimiyatni kutib qolamiz” dedi.

Tashqi ishlar vaziri undan tashqari,

“1-iyundan e’tiboran pasportlar betidagi chiplarga barmoq izi ilova qilinadi. Eski pasportlar, barmoq izi yuklangan yangi pasportga almashtiriladi. Pasport haqi olaroq esa faqatgina kitopcha narxi to’lanadi” deya gapirdi.  

 



Aloqador xabarlar