23 -Aprel Milliy hukumronlik va bolalar bayrami

Bugun 23 -Aprel Milliy hukumronlik va bolalar bayrami nisholanmoqda.

476553
23 -Aprel Milliy hukumronlik va bolalar bayrami

Bugun 23 -Aprel Milliy hukumronlik va bolalar bayrami nisholanmoqda.

Bayram Anqarada turli faoliyatlar bilan nishonlandi.

Anqarada daslabgi marosimlar Anitqabir yodgorligida boshlandi.

Bayramga qatnashgan bolalar Milliy Ta'lim Vaziri Nabi Avji Anitqabir mavzaleyiga gulchambar qo'ydi.

Anitkabirdagi mavsus daftarni imzolagan Avji, daftarga yozganlarini bolalarga o'qittirdi.

Avji, "96 yil burun qurilgan Turkiya Jumhuriyati o'z yo'lida davom etmoqda. Har sohada rivojlangan madaniyatlar saviyasiga ko'rish uchun bor kuchimiz bilan g'ayrat qilamiz. Bizga topshirgan omonatingiz ishonchli qo'llarda, ruhungiz shod bo'lsin" deb yozdi.

Anitkabirni keyinchalik ziyorat qilgan esa Turkiya Oliy Millat Majlis rahbari Ismail Karaman va hamrohligidagi hay'at bo'ldi.

Ma'rosimga Bosh Vazir Ahmet Davutog'li, Jumhuriyat Xalq Partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog'lu, Milliyatchi Harakat Partiyasi rahbari Davlat Bahcheli, Vazirlar Kengashi a'zolari ham qatnashdi.

Majlis rahbari Karaman, Ataturk Mavzoleyiga gulchambar qo'yib, hurmat sifatida sukut saqladi.

Anitqabir maxus daftarini ham imzolagan Karaman, "Hur bir davlatimiz bo'lishiga hissa qo'shganlar hech qachon yoddan chiqarilmaydi. Bizlar olgan me'rosni kuchaytirib davom ettiramiz" dedi.

Boshqa bir marosim esa Eski Majlis binosida o'tkazildi.

Keyinchalik bolalar Chankaya Ko'shkiga chiqadi va oralaridan biri bir kunlik bosh vazir saylanadi.

Keyinchalik Prezident Rajab Tayib Erdog'an qabul qiladigan bolalar, Turkiya Oliy Millat Majlis rahbari Karamanni ham ziyorat qiladi.

Turkiya Oliy Millat Majlisida, 23-Aprel 14:00 da maxus yig'ilish o'tkazadi.



Aloqador xabarlar