Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an prezidentlik saroyida mahalla komiteti raislarini qabul qildi

24-Mahalla komiteti raislari uchrashuvida so'zga chiqqan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Yevropa parlamentining Turkiya rivojlanish hisobotiga to'xtaldi.

474082
Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an prezidentlik saroyida mahalla komiteti raislarini qabul qildi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bugun prezidentlik saroyida mahalla komiteti raislarini qabul qildi.

24-Mahalla komiteti raislari uchrashuvida so'zga chiqqan Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an Yevropa parlamentining Turkiya rivojlanish hisobotiga to'xtaldi.

R.T.Erdog'an: “Turkiyaning qancha dushmani bo'lsa, barchasining Turkiya haqidagi qora niyati bu hisobotda jamlangan",-dedi.

Erdog'an Yevropa parlamentining Turkiya rivojlanish hisobotidagi asosan ikkita moddani tanqid qildi.

Bulardan biri atrof-muhit muhofazasini bahona qilib, Turkiyaning ulkan inshoat loyihalari tanqid qilinganini bildirgan Erdog'an, g'arbdagi finans markazlarining bu loyihalarga homiylik qilishiga to'sqinlik qilish maqsadida turli nayranglar ishga solinganini tilga oldi.

Erdog'an: “Qanday bo'lmasin, Turkiya o'z oldiga qo'ygan maqsadlaridan voz kechmaydi",-dedi.

Hisobotdagi keyingi modda esa, Akkuyu Atom stansiyasining qurilishini to'xtatish talab qilinganini eslatgan prezident Erdog'an, Yevropa davlatlarida 135 nafar atom stansiya mavjudligini, yana 62 ta atom stansiyaning qurilishi davom etganini ma'lum qildi.

Turkiyadagi stansiyaning qurilishini to'xtatish chaqiruvi nimadan kelib chiqqanini tushunish qiyin ekanini tilga olgan Erdog'an: “Bularning niyati Turkiyaning energiya sohasida chetga yana ham ko'proq tobe' bo'lishini istaydi",-dedi.

Prezident Erdog'anning fikricha, hisobot Kipr masalasi, Egey dengizidagi muammolar, huquqning mustaqilligi, Turkiyaning sharqida sodir bo'lgan o'zgarishlar haqida yolg'on-yashiq xabarlarga to'la.

Yevropa Ittifoqi bilan Turkiya o'rtasidagi aloqalar ijobiy davom etgan bir paytda, bunday hisobotning yuzaga chiqishi provokatsiyadan iborat ekanini tilga olgan Erdog'an: “Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga emas, Yevropa Ittifoqining Turkiyaga yana ham katta ehtiyoji bor",-dedi.



Aloqador xabarlar