Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning Turkiya ziyorati davom etmoqda

Ruhoniy Prezidentlik saroyida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

472208
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning Turkiya ziyorati davom etmoqda

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning Turkiya ziyorati davom etmoqda.

Ruhoniy Prezidentlik saroyida Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Ikki davlat rahbari o'zaro uchrashuv o'tkazmoqda.

Uchrashuvda ikki davlat o'rtasidagi o'zaro aloqalar, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinmoqda.

So'ngra, Erdog'an va Ruhoniy boshchiligida Turkiya-Eron Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining 3-yig'ilishi o'tkaziladi.

Yig'ilish yakunida, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy mushtarak matbuot anjumani o'tkazadi.

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an bugun Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy sharafiga ziyofat beradi.

Ziyofatga Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu ham tashrif buyuradi.

Ruhoniyning tashrifi bilan ikki davlat o'rtasidagi qo'shnichilik aloqalari, qadimgi tarixiy va madaniy rishtalarga ega bo'lgan Eron bilan ohirgi paytlarda katta e'tibor qozongan siyosiy dialog va hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsad qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Turkiya , #Hasan Ruhoniy , #R.T.Erdog'an

Aloqador xabarlar