Turk rasmiylari Anqarada yuz bergan terror hujumini keskin qoraladi

Kecha kechqurun poytaxt Anqaraning Qiziloy tumanida portlash yuz bergan bo'lib, oqibati 37 kishining umriga zomin bo'lgan edi.

450293
Turk rasmiylari Anqarada yuz bergan terror hujumini keskin qoraladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an, Anqaradagi terror hujumini “axloqsiz va vijdonsiz" deya tariflar ekan terror tashkilotining, xavfsizlik kuchlariga qarshi kurashini, kurashdagi mag'lubiyatini va mag'lubiyatga chiday olmagach tinch aholini nishonga olganligiga e'tibor qaratdi.

Prezident Erdog'an, hujum ortidan yozma ravishda bayonot berar ekan, terrorga qarshi kurashishdan aslo voz kechmasliklarini aytdi.

Terrorga qarshi kurashdan albatta muvaffaqiyatli natija olinajagini va terrorning tiz cho'ktirilajagini ta'kidlagan Erdog'an,

“Turkiya, mintaqadagi siyosiy vaziyatning o'zgaruvchanligi natijasida oxirgi yillarda terroristlar tomonidan nishonga olinmoqdadir. Terror tashkilotlari va ulardan foydalanayotganlar xavfsizlik kuchlariga qarshi kurashda mag'lub bo'lgan sayin eng axloqsiz, eng vijdonsiz usulda gunohsiz tinch aholini nishonga ola boshladi. Yurtimizning butunligi va xalqimizning birdamligiga qarshi uyushtirilgan bu hujumlar bizni terrorga qarshi kurashimizdan hech qachon voz kechtirolmaydi. Qarorliligimiz yana-da ortadi" dedi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Ismoil Kahraman ham, o'z so'zida,

“Yurak bag'rimiz tilka pora lekin o'tmishda qanchadan-qancha qiyinchiliklarni boshdan kechirgan bir davlat, bir millat sifatida bunday hujumlarga qarshi chidamlimiz" dedi.

Bosh vazir Ahmet Davuto'g'li, Anqaradagi terror hujumi ortidan terrorga qarshi kurashning qarorlilik bilan davom etajagini belgilab o'tdi.

Bekatdagi tinch aholini nishonga olgan terroristlarni, “qahrli va vijdonsiz qotillar" deya baholadi. Hujumning Turkiyaning tinchlik, birlik va demokratiyasiga qarshi amalga oshirilganligini ta'kidladi.

Bosh vazir Davuto'g'li, bugungi Iordaniya ziyoratini esa keyingiga qo'ldirdi.

Bosh vazir o'rinbosari va Hukumat voizi Numan Kurtulmush ham hujumni ijtimoiy media orqali qoraladi.

Kurtulmush, “Bu hujumlar bizning umidimizni, qardoshligimizni, demokratiyamizga bo'lgan ishonchimizni aslo puchga chiqarmaydi" dedi.

Iqtisodiyot vaziri Mustafa Elitash ham, Anqaradgi portlashning millatimiz va yurtimizning birligiga qarshi qo'l urulgan hujum ekanligini aytdi.

O'rmon va suv ishlari vaziri Veysel Erog'li ham hujumni keskin qoralagan holda,

“Anqaraning Qiziloy tumanida yuz bergan hujumda jon bergan fuqarolarimizni Olloxim o'z rahmatiga olgan bo'lsin. Tan jarohati olganlarning dardlariga darmon tilayman" dedi.

Yevropa ittifoqi vaziri va bosh muzokarachi Volkan Bozkir ham, “Xoin hujumda jon bergan fuqarolarimizga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tilayman" dedi.

Hujumni muxolifat partiya a'zolari ham keskin qoraladi.

Jumhuriyat xalq partiyasi lideri Kemal Kilichdaro'g'li, ushbu hujumni “lanatga loyiq terror hujumidir" deya qoralar ekan, Milliyatchi harakat partiyasi lideri Devlet Bahcheli o'z so'zida, “Hech qaysi terror hujumi Turkiyaga tiz cho'ktirolmaydi" dedi.


Tanlangan kalimalar: #Anqara , #Qiziloy , #portlash

Aloqador xabarlar