Turk Qurolli kuchlari terror tashkiloti lagerlarini portlatdi

Turk Qurolli kuchlari terror tashkiloti PKKning Shimoliy Iroqdagi ta'lim lagerlariga havodan hujum qildi.

450502
Turk Qurolli kuchlari terror tashkiloti lagerlarini portlatdi

Turk Qurolli kuchlari terror tashkiloti PKKning Shimoliy Iroqdagi ta'lim lagerlariga havodan hujum qildi.

Operatsiyada Shimoliy Iroqdagi Qandil va Gara hududlaridagi terror tashkiloti makonlari portlatildi.

Shuningdek, Turkiyaning Mardin viloyati Nusaybin tumani bilan Hakkari viloyati Yuksekova tumanida terroristlar tomonidan yerga ko'milgan bombalar yo'q qilinmoqda, yo'llarni to'sib tashlagan beton devorlar olib tashlanmoqda.

Mardin va Hakkari xokimiyatlari ushbu ikki tumanda komendantlik soati e'lon qilinganini ma'lum qildi.

Komendantlik soati mobaynida ko'chalarda terror izlari tozalanadi, terroristlardan qolgan portlovchi moddalar yo'q qilinadi, davlat xavfsizligi uchun kerakli chora-tadbirlar olinadi.

Turkiyaning sharqidagi Shirnak viloyatida xavfsizlik kuchlari tomonidan terroristlarga tegishli ko'plab qurol-aslaha va o'q-dori ombori topildi va davlatga musodara qilindi.



Aloqador xabarlar