Davutog'lu Brusselda

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu Brusselda...

446006
Davutog'lu Brusselda

Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu Brusselda...

Turkiya-Yevropa Ittifoqi yig'ilishiga ishtirok etish uchun kecha Brusselga jo'nab ketgan Bosh Vazir Ahmet Davutog'lu, Germaniya Bosh Vaziri Angela Merkel va Yevropa Ittifoqi Davr Rahbari bo'lgan Niderlandiya Bosh Vaziri Mark Rutte bilan uchrashdi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqi Qoshidagi Doimiy Vakolatxonasida, Davutog'lu, Merkel va Rutte daslab yakkama-yakka uchrashuv o'tkazdi. Uch lider keyinchalik hayatlararo uchrashularga boshchilik qildi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqi Doimiy Vakolatxonasi birinchi marotiba Yevropa Ittifoqi davr rahbari va bosh vazirlar qatnashgan uchrashuvga mezbonlik qildi.

Matbuotga yopiq bo'lib o'tgan uchrashuv tahminan 5 soat 45 daqiqa davom etti.

Bosh Vazirlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, bugun bo'ladigan Turiya-Yevropa Ittifoqi yig'ilishdan oldin, muvozanatsiz ko'chmanchilar oqimi ham bo'lib Suriyadagi o'zgarishlar, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to'liq a'zolik muzokara jarayoni va mintaqaviy mavzular tafsulotli shakilda muhokama qilindi.



Tanlangan kalimalar: #Ahmet Davutog'lu , #Brusselda

Aloqador xabarlar